Ular safarbar qilingan erlari va öğillari tayyorgarliksiz frontga jönatilganini aytib, ularni frontdan qaytarib olib keliş va maşğulotlarga jönatişni talab qildi, deb yozadi kanal penzalik jurnalist Igor Alekseyev va «Govorit NeMoskva» naşriga tayangan holda.
«Ayollar Alekseyevga jangovar harakatlarni muvofiqlaştiriş va tayyorlaş örniga safarbar qilinganlarga qahramonlik haqida ma’ruzalar öqilganini aytişdi. Jurnalistning sözlariga köra, viloyat gubernatori göyoki band bölganligi sababli şaharliklar bilan uçraşa olmagan, Penza OAV esa ayollarning muammolarini aholiga yetkaziş maqsadida uni e’lon qilişdan boş tortgan», — deyiladi xabarda.
Namoyişçilar, şuningdek, ularning qarindoşlarida «oziq-ovqat, suv va oddiy qurollar deyarli yöqligini» aytişgan.
Bundan oldin Qozonda safarbar qilinganlar norozilik namoyişi uyuştirgandi.
5 noyabr kuni internetda Qozondagi yiğiliş punktidan videolavhalar e’lon qilindi, unda zobitlardan birining nomiga haqoratli sözlar aytilgani va erkaklarning kir yuviş maşinasini örnatiş hamda foydalaniş uçun rozetkalar bilan ta’minlaş talablari eşitiladi.
SOTA Telegram-kanali xabariga köra, oziq-ovqat, suv va isitiş tizimining yöqligi, zanglagan avtomatlar ham Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida qatnaşiş uçun çaqirilganlarning noroziligiga sabab bölgan.













