«Biz Rossiya bilan yadro qurolidan foydalaniş xavfini kamaytiriş, şuningdek, undan ehtimoliy foydalaniş oqibatlarini Moskvaga yetkazişga qaratilgan yuqori darajadagi aloqalarni örnatiş imkoniga ega böldik. Biz uşbu aloqalar qaysi kanallar orqali amalga oşirilganini oşkor qilolmaymiz, bu ularni himoya qiliş uçun kerak», dedi Sallivan. 

Avvalroq Sallivanning Patruşev va Uşakov bilan aloqalari haqida The Wall Street Journal xabar bergan edi.

Bundan oldin NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Turkiyaning NTV telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalaniş xavfi pastligi haqida aytib ötgandi. 

Biroq, Moskvaning bunday harakatining oqibatlari «katta böladi», şuning uçun Şimoliy Atlantika alyansi buni juda jiddiy qabul qiladi, deya qöşimça qilib ötdi u. 

Rossiya «mas’uliyatsiz va öylamasdan» harakat qilmoqda, deb ta’kidlab ötdi Yyens Stoltenterg.