Davlat rahbari 29 oktyabr kuni Seul şahrining Itevon tumanida Hellouinni nişonlaş uçun töplangan odamlarning tiqilinçda nobud bölganiga politsiya aybdor ekanini ta’kidladi. 

«Baxtsiz hodisalarning oldini oliş uçun kim javobgar? Politsiya. Menimça, politsiya köplab odamlar töplanişi kutilayotganini bilmasligi aqlga siğmaydi», dedi u. 

Şuningdek, prezident huquq-tartibot idoralari xodimlari odamlar töplanayotganini «tört soat davomida nega bexavotir tomoşa qilgani» bilan qiziqdi. Uning ta’kidlaşiça, politsiya 112 raqamiga qönğiroq bölmagan taqdirda ham çora körişi kerak edi. 

Fojia 29 oktyabr kuni keçqurun Seulning Itevon tumanida, «Hamilton» mehmonxonasi yaqinida sodir böldi. Hellouinni nişonlaş maqsadida töplangan olomon tor xiyobonga yopirilişi oqibatida tiqilinç yuz berdi.  

Fojiada 156 kişi, jumladan 97 nafar ayol halok böldi.