AQŞ adliya vaziri örinbosari Bryus Şvars bilan uçraşuv doirasida xodimlar malakasini oşiriş sohasida hamkorlikni yölga qöyiş istiqbollari, milliy qonunçilikni takomillaştiriş sohasida özaro muloqotni kengaytiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Suhbat çoğida Amerika vakillari huquq-tartibot idoralari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş, intellektual mulkni himoya qiliş, kiberhujumlarga qarşi kuraşiş, kriminalistika va sud-tibbiyot ekspertizasi sohalarida özbekistonlik mutaxassislar salohiyatini mustahkamlaşdan manfaatdorlik bildirdi.
Bryus Şvars AQŞ Adliya vazirligining AQŞ va Özbekiston örtasida jinoiy işlar böyiça huquqiy yordam töğrisidagi bitimni imzolaş masalasini ilgari surişdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.
Taşrif doirasida diniy erkinlikni ta’minlaş sohasida muloqotni kuçaytiriş maqsadida AQŞning xalqaro diniy erkinlik böyiça maxsus topşiriqlar böyiça elçisi Raşad Husayn bilan ham uçraşuv bölib ötdi. Raşad Husayn Amerika Qöşma Ştatlari Özbekistonning diniy erkinlik sohasidagi sezilarli yutuqlarini olqişlaşini ta’kidladi.
Xorijiy davlatlar va xalqaro institutlar bilan örnatilgan oçiq muloqot va hamkorlik darajasi Özbekiston rahbariyatining diniy e’tiqod erkinligini ta’minlaş borasidagi qat’iyligidan dalolat berişini qayd etdi. U AQŞ diniy erkinlik sohasidagi qonunçilikni yanada takomillaştirişda Özbekistonni qöllab-quvvatlaşini urğuladi.












