7 noyabr kuni YeÇL nimçorak final bosqiçiga qur’a taşlandi. Unga köra, turnirning amaldagi ğolibi «Real» finalçi «Liverpul» bilan pley-offning ilk bosqiçidayoq töqnaş kelgan bölsa, bir neça yillardan buyon asosiy yevrokubok ğolibligini maqsad qilib kelayotgan «PSJ»ga turnir favoritlaridan biri bölmiş «Bavariya» raqib böldi.

Jamoalar odatdagidek uyda va safarda töp surib, 1/4 final yöllanmasi ğolibini aniqlaydi. Guruh ğoliblari javob uçraşuvini öz uylarida ötkazişadi.
1/8 finalning dastlabki öyinlari 14-15 va 21-22 fevral kunlari, javob öyinlari esa 7-8 va 14-15 mart kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan. Nimçorakfinal öyinlari bahorda ham Toşkent vaqti bilan soat 01:00da boşlanadi.
Ma’lumot uçun, Çempionlar ligasi-2022/23 yilgi mavsum final bahsi 2023 yilning 10 iyunida Istanbuldagi «Otaturk» stadionida ötkaziladi.
«Atletiko» sönggi örinda, «Liverpul» pley-offda qiynaladi. YeÇL guruhlarida yakuniy vaziyat
«PSJ» 2-öringa tuşirib yuborildi. YeÇLda guruh bosqiçi yakunlari
«Liverpul» — «Real»
Bu ikki jamoa bir-biridan zerikkan desa ham böladi. 2018 yildan buyon «Real» va «Liverpul» ikki bor Çempionlar ligasi finalida özaro raqib bölgan, ikki safar ham madridliklar ğolib çiqqan. Ötgan mavsum finalida ham şunday bölgan, öşanda Saloh va Mane Kurtua tösiğidan öta olmagan, Vinisius esa qizillar jamoasi himoyaçilarining öyindagi yagona xatosidan unumli foydalangandi.
Klopp va uning şogirdlari uçun 1/8 final uçraşuvi — orani oçiq qiliş uçun yaxşi imkoniyat. Ammo bu qarama-qarşilikda hamon «Real» favorit rolida. Birinçi navbatda joriy mavsumda «Liverpul» öyinida yuzaga kelgan muammolar tufayli. Klopp hozirça yozda «Bavariya»ga ketgan Manening örnini töldira olmayapti va jamoada maydon markazida ham jiddiy muammolar yuzaga kelgan, natijada içki çempionatda kuçli törtlikdan ança ortda qolib ketilgan. «Real» esa Kazemiro ketgaç ham öyin sifati va barqarorlikni saqlab qolmoqda.
Aftidan, bu juftlikda barçasi «Liverpul» qişki transferlarda tarkibni qançalik kuçaytira olişiga boğliq böladi. Miş-mişlarga köra, jamoada bunday rejalar tayyorlanmoqda, fevralgaça kuçlar nisbati özgarişi mumkin.















