Yevropa Ittifoqi va Qozoğiston energiya va xomaşyo ta’minoti sohasida qöşma işlarni kengaytirmoqda. Tegişli kelişuvni Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen va Qozoğiston boş vaziri Alixan Smoilov 7 noyabr, duşanba kuni BMTning iqlim özgarişi böyiça 27-konferensiyasi doirasida imzoladilar, deb xabar bermoqda Yevrokomissiya matbuot xizmati. 

Qayd etilişiça, mazkur kelişuvdan közlangan maqsad xomaşyoning ayrim turlarini yetkazib berişni ta’minlaş va atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda vodorod va akkumulyatorlar işlab çiqariş böyiça quvvatlar zanjirlarini rivojlantirişdan iborat. 

Kelgusi olti oy içida Qozoğiston bilan Yevropa Ittifoqining qöşma loyihalari, masalan, toğ-kon sanoati va neftni qayta işlaş jarayonlari böyiça işlab çiqilişi kutilmoqda. 

Öz navbatida Germaniya ham Qozoğiston bilan hamkorlikni yanada yaqinlaştiriş istagini bildirdi. 

Yevropa Ittifoqining ta’minot zanjirlariga, xususan, Xitoyga tayanişi, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida yaqqol namoyon böldi. Şu bilan birga, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi köplab Yevropa Ittifoqi davlatlarining Rossiyadan energiyaga boğliqligini körsatdi. Bugun Yevropa Ittifoqi yangi iqtisodiy şeriklar topişga harakat qilmoqda. 

Fon der Lyayyenning RTL va ntv telekanallariga bergan intervyusida aytişiça, u Şarm-aş-Şayxdagi iqlim konferensiyasi doirasida Namibiya va Misr bilan «yaşil» vodorod işlab çiqariş böyiça kelişuvlarni ham imzolaş niyatida. 

Avvalroq Yevrokomissiya Senegal, Vetnam, Hindiston va Indoneziya kabi davlatlar bilan hamkorlik loyihalari muhokama qilinayotgani haqida xabar bergan edi.