Rossiyani Ukraina böyiça tinçlik bitimini işlab çiqiş, jumladan, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş uçun muzokaralar stoliga ötirişga majburlaş kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 7 noyabr, duşanba kuni keçqurun e’lon qilingan videomurojaatida aytib ötdi.
«Dunyo uruşga, energiya va oziq-ovqat inqiroziga, taniş xalqaro munosabatlarning buzilişiga qarşi kuraşga qaratilgan bölsa, iqlim böyiça kun tartibi aniq zarar köradi. Iqlimning buzilişini qandaydir tarzda töxtatib bölmaydi, - dedi u. - Şuning uçun iqlim böyiça kun tartibini jiddiy pozitsiyada körayotganlar zudlik bilan rus agressiyasini töxtatişi, hududiy yaxlitlikni tiklaşi va Rossiyani haqiqiy tinçlik muzokaralariga majburlaşi kerak».
11 oktabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «katta yettilik» vakillari bilan uçraşuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uruşni tugatiş böyiça muzokaralar olib boriş niyatida emasligini ma’lum qildi.
Undan oldin, 4 oktabr kuni u Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining Putin bilan muzokaradan boş tortişni nazarda tutuvçi qarorini imzolagan edi.
Oktyabr oyi boşida Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak ham Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning yaqin doiralari bilan «har qanday muzokaralar» olib borişni ma’nosiz deb bilişini, çunki ularning sözlari «salbiy qiymatga» ega ekanligini aytgandi.
Şu bilan birga, 5 noyabr kuni Amerikaning The Washington Post gazetasi maqola e’lon qildi, unga köra AQŞ ma’muriyati Ukraina rasmiylaridan Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligini namoyiş etişni va Rossiya bilan faqat Vladimir Putin hokimiyatni tark etganidan keyin gaplaşiş mumkinligi haqidagi jamoatçilik pozitsiyasidan voz keçişni söragan.
Naşrning yozişiça, Amerika tomoni bu çaqiriqni uruşning oziq-ovqat va yonilği mavjudligi va narxiga falokatli ta’siri eng kuçli sezilayotgan Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasidagi fuqarolarning taşvişi bilan izohlagan.
8 noyabrga ötar keçasi Mixail Podolyak quyidagi mazmundagi tvit qoldirdi: «Muhim narsa: Ukraina heç qaçon muzokaradan boş tortmagan. Muzokaralardagi pozitsiyamiz ma’lum va oçiq. Avvalo, Rossiya Ukrainadan öz qöşinlarini olib çiqib ketişi kerak. Keyin esa qolgan hamma narsa böladi. Putin tayyormi? Aftidan, yöq. Şuning uçun biz konstruktiv baho beramiz: biz Rossiyaning keyingi rahbari bilan muzokaralar olib boramiz».













