Ukrainadagi uruşda rossiyalik ruhoniy Mixail Vasilyov halok böldi. Bu haqda rus provaslav çerkovining Moskva patriarxati xabar berdi. U Rossiya Strategik raketa kuçlarining (ya’ni yadro kuçlari) boş garnizonida joylaşgan çervok boş ruhoniysi bölgan.
Rasmiy ma’lumotga köra, Mixail Vasilyov 6 noyabr kuni «Ukrainadagi maxsus harbiy amaliyot vaqtida vatanparvarlik burçini bajarayotib» halok bölgan. 1971 yilda tuğilgan Vasilyov ruhoniy sifatida köp marta harbiy harakatlar hududida xizmat qilgan. Uning vazifasi harbiylarni ruhlantiriş bölgan. Xususan, Bosniya, Abxaziya, Qirğiziston, Şimoliy Kavkaz va Suriyadagi «qaynoq nuqtalar»da bölgan.
Ruhoniyning döstlari u özi ruhlantirişi kerak bölgan askarlar bilan paraşyutdan ham birga taşlagani haqida gapirgan. Bir safar parayuşti töliq oçilmay ikki umurtqasi singan.
Ruhoniyning ölimi yuzasidan hamdardlik bildirgan patriarx Kirill uni mard va qat’iyatli deb atadi. Uning sözlariga köra, Vasilyov uzoq yillar davomida köplab ofitser va askarlarni «manaviy ozuqa bilan ta’minlab kelgan», askarlar uni «desantçi ota» deb atagan.
Yadroçilar çerkovi ruhoniysi

Foto: CPAS-TV/RUTUBE.RU
Rossiya Strategik raketa kuçlari çerkovi öz faoliyatini quyidagiça ifodalaydi: «Ruhoniylarimiz harbiylarning barça formatdagi faoliyatida iştirok etadi, yoş askarlarning qasamyod marosimida Strategik raketa kuçlarining harbiy kengaşi-yu, poligonlardagi raketa sinovlarigaça».
Vasilyov ham Moskva patriarxiga qaraşli «Spas TV» efirida mehmon sifatida iştirok etgan. Oxirgi efirlardan birida safarbarlikdan qoçiş maqsadida Rossiyadan çiqib ketayotganlar haqida gapirgan edi.
«Farzandini tuğib katta qiliş örniga uni öldiradigan ayolga qanday munosabatda böliş mumkin? Özining harbiy burçidan qoçgan odamga qanday munosabatda böliş mumkin? Bunday insonlar xuddi erlik vazifasini bajarmaydigan erkaklarga öxşaydi», degandi ruhoniy.
Efir davomida boşlovçi «Yagona öğlini saqlab qoliş uçun ona uni Kanar orollariga olib ketişi mumkinmi?» deb savol beradi. Vasilyov esa bunday holatda ona bolasini yöqotişdan qörqişi kerak emasligini aytadi: «Xudo ayollarga köplab bola tuğiş imkonini beradi. Agar siz aytayotgan ayol Xudoning «tuğing va köpaying» çaqiriğini rad etib homiladorlikdan sun’iy tarzda saqlangan bölsa, demak uning yana bola köriş imkoni böladi. Şunday ekan, u uçun bolasidan vaqtinça ayriliş unçalik oğir bölmaydi».













