Sönggi sakkiz yil yer yuzidagi eng issiq davr böldi. Bu haqda Jahon meteorologiya taşkilotining (JMT) «2022 yildagi global iqlim holati» nomli hisobotida aytiladi.
Global havo haroratining oşişiga atmosferada issiqxona gazlari konsentratsiyasining ortib borişi sabab bölgan. Ekstremal issiq tölqinlar, qurğoqçilik va halokatli toşqinlar bu yil millionlab odamlarga ta’sir qildi va milliardlab dollar zarar keltirgan. Hisobotda aytilişiça, iqlim özgarişining oqibatlari keskinlaşib bormoqda.
1993 yildan beri dengiz sathining kötariliş darajasi ikki baravar oşdi. Yevropa Alp toğlaridagi muzliklar hajmi 2022 yilda juda katta yöqotişlarga uçradi. Grenlandiya muz qatlami ketma-ket 26 yil davomida massasini yöqotmoqda va ötgan yilning sentabr oyida u yerda birinçi marta yomğir yoğgan. 2022 yil oxiriga kelib örtaça global harorat hozirda sanoat davrigaça bölgan 1850-1900 yillardagi örtaça körsatkiçdan taxminan 1,15°S yuqori bölişi taxmin qilinmoqda.
«Global isiş darajasi qançalik yuqori bölsa, oqibatlari şunçalik yomon böladi. Atmosferadagi karbonat angidrid miqdori şunçalik balandki, Parij kelişuvi böyiça global haroratni 1,5°S ga tuşirişga erişib bölmaydi», - deydi JMT boş kotibi professor Petteri Taalas.
Hozir köplab muzliklarni saqlab qoliş imkonsiz, deydi Petteri Taalas. Muzliklarning erişi yuzlab, balki minglab yillar davom etadi va insoniyat xavfsizligi uçun jiddiy oqibatlarga olib keladi.
Atmosferadagi asosiy issiqxona gazlari - karbonat angidrid, metan va azot oksidi konsentratsiyasi 2021 yilda rekord darajaga yetgan. Metan konsentratsiyasining yillik ösişi rekord darajadagi eng yuqori körsatkiçdir. Yirik monitoring stansiyalari ma’lumotlari şuni körsatadiki, atmosferada uşbu uçta gaz miqdori 2022 yilda ham ösişda davom etadi.
Oxirgi 30 yil içida örtaça global dengiz sathi yiliga taxminan 3,4 mm ga kötarildi. Sönggi yillarda qayd etilgan bu jarayonning tezlaşişi muzliklarning erişi bilan boğliq.
Ötgan yozda Yevropaning köp qismida bir neça bor kuçli jazirama qayd etildi. Buyuk Britaniyada 19 iyul kuni yangi rekord örnatildi - harorat birinçi marta 40°C dan oşdi. Issiqlik uzoq davom etgan qurğoqçilik va halokatli örmon yonğinlari bilan birga keldi. Yevropa daryolarida, jumladan Reyn, Luara va Dunay daryolarida suv sathi juda past darajaga tuşdi.












