Izohga köra, prezidentning “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” qaroriga köra, 2022 yil 1 iyungaça “Madaniyat karvoni” uçun möljallangan, tegişli musiqa texnikasi va sahnaga ega 2 dona maxsus avtotransport vositasini xarid qiliş vazifasi belgilangan.

Vazirlik munosabatida aytilişiça, “Madaniyat karvoni” uçun möljallangan, tegişli musiqa texnikasi va sahnaga ega maxsus avtotransport (transformer) vositasining texnik parametrlari mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda işlab çiqilgan. Bunday zamonaviy avtotransport vositasini tayyorlaş imkoniyati böyiça xorijiy davlatlar örganildi va eng ma’quli sifatida Xitoy davlati tanlanib, vazirlik tomonidan OMDM va “Huayuan” kompaniyasi bilan muzokara olib borildi. Muzokara xulosasiga köra, OMDM kompaniyasi tomonidan 873 ming AQŞ dollari, Olmaota şahridagi “Kazakhstan musical technologies” filiali tomonidan 900 ming AQŞ dollari taklifi (bitta maxsus avtotransport vositasi xaridi uçun) bildirilgan. Biroq xorijiy kompaniyalar pandemiya sababli maxsus avtotransport vositasi yil yakuniga qadar yetkazib berilişini ma’lum qilgan. 

Şundan söng Madaniyat vazirligi işlab çiqilgan texnik parametrlar asosida maxsus avtotransport (transformer) vositasini tayyorlaş imkoniyati mavjud bölgan (aniq muddati va boşqa ma’lumotlar) mahalliy korxonalar bilan muloqot olib boriş va tegişli xulosa oliş maqsadida “Oʻzavtosanoat” AJ, “UzAvto Trailer” MÇJ va “JV MAN Auto-Uzbekistan” MÇJ qöşma korxonasiga murojaat qilgan.

“JV MAN Auto-Uzbekistan” MÇJ qöşma korxonasi tavsiyasi asosida “JV MAN Auto-Uzbekistan” tomonidan 1 mln 390 ming yevro, Turin politexnika universiteti (Surxondaryo viloyati uçun tajriba sifatida kiçik hajmdagi, musiqa texnikasi va sahnaga ega maxsus transport vositasini ilk marotaba işlab çiqargan) tomonidan 9 mlrd 580 million söm hisobiga maxsus avtotransport vositasini tayyorlaş, qolgan korxonalar va “Uz Truck and Bus Motors” MÇJ tomonidan esa 1 mlrd 395 mln sömga transportning faqat tyagaç qismi (boş qismi) bilan ta’minlaş imkoniyati ma’lum qilingan.

“Madaniyat karvoni” uçun möljallangan maxsus avtotransport vositasini mahalliy korxonalar (Turin politexnika universiteti) bilan birgalikda mukammal işlab çiqiş, tayyorlaş va zarur uskunalar bilan jihozlaş çoralari körilib, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan töğridan-töğri şartnoma tuzilgan.

“Aytiş joiz, aslida bu köpçilik öz tasavvuriga köra taxmin qilib, turliça talqin etayotgan yengil avtomobil emas. Nomidan ham anglaş mumkinki, bu tegişli musiqa texnikasi va sahnaga ega maxsus avtotransport vositasidir. Boşqaçaroq qilib uni zamonaviy, ulkan “Mobil sahna” deyiş ham mumkin. Bunday transport vositalari buyurtma asosida maxsus işlab çiqariladi. Ya’ni u “Madaniyat karvoni” tadbirlarini eng çekka manzillarda ham yuqori saviyada, sifatli texnik imkoniyatlar asosida ötkazişga xizmat qiladi. Ulkan sahna köçma şaklda olis qişloqlargaça yetib boradi”, – deyiladi vazirlik xabarida.