E’zoza endigina 10 yoşga kiradi. Jigar sirrozi sabab örtoqlari bilan öynab-kulolmaydi, yuguriş, oğirroq narsa kötariş mumkin emas. Uç öğilning içida ösayotgan yolğizgina qiziga bu dard qaydan yöliqqanini bilmay onaizor halak. Bobosi-yu buvisi unga köz yoşlarini körsatmaslikka harakat qiladi.

“Bobojon, buvijon, deb yugurib keladi. Özimizdan ötganini özimiz bilamiz. Köz yoşlarimizni körsatmaslikka urinamiz. Şu nabiram boşqaça, ziyrak. Ismini özim qöyganman. Yoş bölsa ham, bitta aytganimdan quloğida qoladi. Aytganimni qiladi. Maktabda ham yaxşi öqiydi.

Sumkasiga 2-3 tadan ortiq kitob soldirmaymiz. Oğir kötariş mumkin emas. Ötgan yili maktabga akasi bilan birga qatnardi. Akasi kötarib borardi sumkasini. Bu yil dugonalari kötarişib boradi.

Har uç oyda davolanib turadi. Onasi özi Toşkentga olib kelib, olib ketadi. Davolaniş vaqti kelgunça dori içib yuradi. Ba’zan dorilarini içmayman deb xarxaşa qiladi. Onasi beçora ham qiynalib ketdi”, deydi buvisi köz yoşlarini artib.

E’zoza ahvoli sönggi paytlarda oğirlaşib qoladi. Hindistonlik mutaxassislar tekşirib, bolaning jigarini emas, jigardagi tomirni aliştiriş lozimligini aytişadi. Otasi qizining operatsiyasiga mablağ topiş maqsadida xorijga otlanadi.

“Avvaliga jigar köçirib ötkaziş kerak, deyişgandi. Bobosi ham, men ham berişga tayyor edik. Keyingi tekşiruvlardan söng, jigardagi tomirni aliştiriş kerakligini aytişdi.

Qarindoş-uruğ yordam qilişdi. Mol-hollarni sotdik. Endi yana pul topib keliş uçun otasi çet elga işlagani ketdi. Har kuni telefon qilib qizini söraydi. E’zoza ham dadamni soğindim, tezroq kelsinlar, deb içikib qolyapti.

Nabiramning dardini menga bersin, men umrimni yaşab böldim. Bu hali kiçkina. Butun hayoti oldinda. Har kuni namozlarimda bolajonimga şifo sörayman”, - deydi onaxon ökinç bilan.

E’zoza Murodillayevaga oid ma’lumotlar:

Uzsard: 8600 0604 3979 7235 otasi Kamoliddin Tulyayev nomida

Manzil: Qaşqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, “Böston” MFY, 141-uy.