CEO Valuable 500 kompaniyasi tomonidan Buyuk Britaniya, AQŞ, Avstraliya, Xitoy va Yaponiyada nogironligi bölgan 5 ming şaxs örtasida ötkazilgan tadqiqot yakuniga köra, nogironligi bölgan sayyohlar ehtiyoji uçun eng qulay 10 ta şahar aniqlandi.

Bunda qulay transport aloqalari, zarur belgilar mavjudligi, yaşaş joylarining turistik obektlarga yaqin joylaşişi, şuningdek, nogironlarga e’tiborli böliş kabi mezonlar inobatga olindi.

Nogironligi bor sayyohlar uçun eng qulay 10 ta şahar:

  1. Amsterdam (Niderlandiya)
  2. Las-Vegas (AQŞ)
  3. Nyu-York (AQŞ)
  4. Orlando (AQŞ)
  5. Parij (Fransiya)
  6. Şanxay (Xitoy)
  7. London (Buyuk Britaniya)
  8. Singapur
  9. Sidney (Avstraliya)
  10. Tokio (Yaponiya)

Şu bilan birga, reyting tuzuvçilari turizm uçun mas’ul idoralarning nogiron sayohatçilar uçun şaharlardan foydalaniş imkoniyatini yaxşilaş böyiça işlarni davom ettirişga çaqirdi.

Hisobotda aytilişiça, «nogironligi bölgan odamlarning foydalaniş imkoniyatini ta’minlaş mexanizmlari sayohat va sayyohlik sanoati uçun çegaralangan bölib qolmoqda, şuning uçun biz uşbu tadqiqotda nogironlar uçun sayohatning barça jihatlarini örganamiz», deyiladi hisobotda.