Amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Janubiy Koreya aerokosmik universiteti rektori Xu Xe Yong boshchiligidagi delegatsiya vakillari "O‘zaviatsiya" agentligi direktori Tohir Nazarov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda “Dunyo”.
Uchrashuvda Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida aviatsiya sohasidagi aloqalarni mustahkamlash rejalari, Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi - KOICA orqali hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Tomonlar istiqbolda mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini birgalikda amalga oshirishga kelishib oldi.















