Joriy yil 21 fevral kuni imzolangan «Avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonga avtomobillar import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi ikki bosqichda pasaytirilishi ko‘zda tutilgan.

Qaror imzolangan paytdan e’tiboran boj stavkalari 30 foizdan 15 foizga tushirildi, shuningdek avtomobil dvigateli quvvatining har bir kub sm uchun belgilangan qo‘shimcha koeffitsiyentlar ham o‘rtacha ikki barobar va undan ko‘proqqa kamaytirildi.

Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan boshlab, avtomobil dvigateli quvvatiga bog‘langan qo‘shimcha koeffitsiyentlar yana bir bor pasaytiriladi, 15 foizli asosiy boj stavkasi esa o‘zgarishsiz qoladi.

Xo‘sh, keyingi yildan O‘zbekistonga import qilinayotgan inomarkalar narxi qanchaga arzonlashadi? Buni quyida keltirilgan jadvaldagi ma’lumotlar misolida taqqoslab chiqishingiz mumkin: 



2023 yil 1 yanvardan xarid narxi 5000 dollar bo‘lgan avtomobilni O‘zbekistonga olib kirish xarajatlari 644 dollorga, 7500 ming dollorlik avtomoshinani olib kirish 975 dollorga, 14 ming dollorlik moshinani olib kirish 1355 dollarga, 20 ming dollorlik avtomobil import xarajatlari esa 1642 dollarga arzonlashadi.

Yangi tartib ishlab chiqarilgan sanasidan O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tgan kungacha 1 yildan ortiq vaqt o‘tmagan avtotransport vositalarigagina taalluqli.

Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi hozirgi 15 foizdan 12 foizga tushiriladi. Demak, keyingi yildan boshlab, inomarkalarni olib kirish uchun QQS ham 3 foizga arzonlashadi.

Ishlab chiqarilganiga 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan avtomobillar importi uchun avvalgidek 30 foizli bojxona boji va qo‘shimcha koeffitsiyentlar hisoblanadi. Ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan avtomobillar uchun ham 40 foizli boj va qo‘shimcha koeffitsiyentlar saqlanib qoladi.