Oliy va örta-maxsus ta’lim vazirligi tölov-kontrakt mablağlarini tölaş muddati 10 dekabrga qadar uzaytirilgani haqida xabar berdi.
«Davlat qabul komissiyasining tegişli qaroriga muvofiq, 2022/2023 öquv yilida OTMlarning bakalavriat ta’lim yönalişlari, magistratura mutaxassisliklariga tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda öqişini köçirayotgan va tiklayotgan talabalar uçun belgilangan kontrakt tölovlarini tölaşning sönggi muddati joriy yilning 10 dekabriga qadar (şu kuni ham) uzaytirildi.
Şuningdek, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida öqiş istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlaridan öqişini köçirayotgan talabalar uçun bir yillik öqitiş qiymatining 50 foizini tölaş va talabalar safiga qabul qilişning sönggi muddati ham 10 dekabr (şu kuni ham) etib belgilandi», deyiladi vazirlik xabarida.












