O‘zbekiston | 08:28 / 10.11.2022
6165
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TURKSOY to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilishni rejalashtirmoqda

TURKSOY tuzilmasi va faoliyati prinsiplari to‘g‘risida shartnomani (Olmaota, 1993 yil 12 iyul) ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasi muhokamaga chiqarildi.

Shartnoma Turkiy madaniyat xalqaro tashkilotining (TURKSOY) ta’sis etuvchi hujjati hisoblanadi. Shartnoma 1993 yil 12 iyul kuni Olmaotada (Qozog‘iston) 6 ta davlat tomonidan imzolangan: Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekiston.

TURKSOYning maqsadi turkiy xalqlar o‘rtasida birodarlik va do‘stlikni mustahkamlash, umumiy turkiy madaniyatni targ‘ib qilish hamda uni bo‘lajak avlodlar uchun saqlab qolishdan iborat.

Bildirilishicha, O‘zbekistonning TURKSOYga a’zo bo‘lishi boy madaniy-ma’naviy merosni keng targ‘ib qilish, O‘zbekistonning «Turkiy dunyo beshigi» sifatidagi imijini oshirish, ziyorat turizmini rivojlantirish hamda madaniyat sohasidagi qo‘shma loyihalarni jadal ilgari surishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid