«Maxsus operatsiya» qöşinlari qöşma guruhi qömondoni Sergey Surovikin qöşinlarni olib çiqiş operatsiyasi yaqin vaqt içida yakunlanişini aytdi.
Surovikin vazirga bergan hisobotida Ukraina qurolli kuçlari Kaxovskaya GES quyi hududidagi yerlarni suv ostida qoldiriş rejasi borligini aytdi. Bunday holda, uning sözlariga köra, qöşinlarning olib çiqilişi hozir Xersonni egallab turgan askarlar hayotini saqlab qolişga yordam beradi.
«Mavjud vaziyatni har tomonlama baholagan holda, Dnepr daryosining çap qirğoği böylab mudofaani taşkil qiliş taklif etiladi. Bu juda qiyin qaror ekanini tuşunaman. Şu bilan birga, biz, eng muhimi, harbiylarimizning hayoti va qöşinlar guruhining umumiy jangovar qobiliyatini saqlab qolamiz», — dedi Sergey Surovikin.
«Bundan taşqari, kuç va vositalarning bir qismi janglarning boşqa yönalişlaridagi faol operatsiyalar, şu jumladan hujumkor harakatlar uçun işlatiladi», — deb qöşimça qildi u.
«Sizning xulosa va takliflaringizga qöşilaman. Biz uçun rossiyalik harbiy xizmatçilarning hayoti va soğliği doimo birinçi örinda turadi», deb javob berdi Sergey Şoygu.
Rossiya qöşinlari Xerson uçun jangni 24 fevralda, Ukraina bosqinining ilk kunida boşlagan edi. Şahar 3 mart kuni bosib olindi va şu vaqtgaça rus armiyasi nazorati ostida edi.
30 sentabr kuni prezident Vladimir Putin Rossiya tarkibiga yangi hududlar, jumladan Xerson viloyatini kiritiş töğrisidagi bitimlarni imzoladi. Viloyat 23-27 sentabr kunlari bölib ötgan referendum natijasida annexia qilingan edi.













