Rossiyaning Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligi böyiça pozitsiyasi özgarişsiz qolmoqda, dedi Rossiy TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova.

«Biz hali ham muzokaralar uçun oçiqmiz. Biz ulardan heç qaçon voz keçmaganmiz. Biz ularni, albatta, hozirgi paytda yuz berayotgan voqelikni hisobga olgan holda ötkazişga tayyormiz», — dedi u.

Mariya Zaxarova «hozirgi paytda yuz berayotgan voqelik» zamirida nimalarni nazarda tutayotganini aytmadi.

Sentyabr oyining oxirida Rossiya LXR va DXR, şuningdek, Zaporojye va Xerson viloyatlarini annexia qildi. Şundan söng, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaga Vladimir Putin rahbarlik qilar ekan, u bilan muloqot qilmasligini aytdi.

Şundan söng, Rossiya rasmiylari hali ham muzokaralarga tayyor ekanligini bir neça bor ta’kidladi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov 7 noyabr kuni Kiyevning pozitsiyasi tufayli hozirça muzokara uçun imkoniyat yöqligini ta’kidladi.

Ertasi kuni Zelenskiy, agar Ukraina hududiy yaxlitligi tiklansa, BMT nizomi hurmat qilinsa, harbiy amaliyotlardan körilgan barça zarar uçun Rossiya tomonidan tovon tölansa va «bu voqealar boşqa takrorlanmasligi uçun kafolat berilsa», muzokaralar olib boriş mumkinligini aytdi.

Rossiya Taşqi işlar vaziri örinbosari Andrey Rudenko Ukraina prezidentining sözlaridan söng, Rossiyaning Kiyev bilan muzokaralar olib borişi uçun oldindan qöyiladigan heç qanday şarti yöqligini aytdi.