FIFA reytingidagi örni — 4
JÇ-2022 sari yöl — 5 ğalaba, 3 durang, 0 mağlubiyat, töplar nisbati — 18:3.
Saralaş turniridagi eng yaxşi töpurar — Antuan Grizmann (6)
JÇdagi eng yaxşi natijasi — çempionlik (1998, 2018)
TARKIB
Tarkib muvozanatli emas. Hujum super, himoya ham yaxşi, ammo yarimhimoya pand berişi mumkin. Markazda ötgan jahon çempionatida katta hajmdagi işni bajargan, ammo jarohat sabab Qatardagi mundialni ötkazib yuboradigan Pol Pogba va Ngolo Kantening örni bilinadi.
Darvozabonlar: Alfons Areolya («Vest Hem»), Ugo Loris («Tottenhem»), Stiv Mandanda («Renn»);
Himoyaçilar: Lyuka Ernandes («Bavariya»), Teo Ernandes («Milan»), Presnel Kimpembe («PSJ»), Ibraima Konate («Liverpul»), Jyul Kunde («Barselona»), Benjamen Pavar («Bavariya»), Vilyam Saliba («Arsenal»), Dayo Upamekano («Bavariya»), Rafael Varan («Mançester Yunayted»);
Yarimhimoyaçilar: Eduardo Kamavinga («Real»), Yusuf Fofana («Monako»), Matteo Genduzi («Marsel»), Adriyen Rabo («Yuventus»), Orelen Tçuameni («Real»), Jordan Veretu («Marsel»), Kingsli Koman («Bavariya»), Usmon Dembele («Barselona»);
Hujumçilar: Karim Benzema («Real»), Olive Jiru («Milan»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Kilian Mbappe («PSJ»), Kristofer Nkunku («Leypsig»).

Taxminiy boşlanğiç tarkib: Loris — Pavar, Kunde, Varan, Saliba, T.Ernandes — Tçuameni, Genduzi, Grizmann — Mbappe, Benzema.
Ferlan Mendi («Real»), Antoni Marsiyal («MYu»), Lyuka Din («Aston Villa»), Vissam Ben-Yyedder («Monako»), Toma Lemar («Atletiko»), Kurt Zuma («Vest Hem») kabi futbolçilarga yakuniy röyxatdan joy topilmadi, «Milan» posboni Mayk Menyan esa jarohat sabab musobaqaga bora olmaydi.
YuLDUZLAR
Mbappe — narxi 150 mln yevrodan oşgan futbol yulduzi, mundial finalida gol urgan jahon çempioni.
Kilian bu mavsumda köpçilik tomonidan tanqidga uçradi. Uning öyinida haqiqatan ham xudbinlik köpayib ketdi, ammo bu jamoaga qanday ta’sir qilişi hozirça noma’lum.





















