Davlat rahbarlarining muzokaralari haqida Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ma’lum qildi. 

Bayonotga köra, yetakçilar Vaşington va Pekin örtasidagi aloqa liniyalarini saqlab qoliş va kengaytiriş, ikki davlat örtasidagi raqobatni boşqariş, manfaatlar bir-biriga mos keladigan sohalarda işlaş borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qiladi. Xususan, uning sözlariga köra, gap «jahon hamjamiyatiga ta’sir etuvçi xalqaro muammolar ustida işlaş», ya’ni Ukraina, Tayvan va KXDR haqida bormoqda. 

«Rahbarlar bir qator mintaqaviy va global muammolarni ham muhokama qiladilar», dedi Jan-Per. Şuningdek, Bayden va Si Jinping uçraşuvi yakunlari böyiça qöşma bayonot rejalaştirilmagani qayd etilgan. 

G20 — iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan yirik mamlakatlarni, jumladan AQŞ, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Xitoy va Rossiyani birlaştirgan taşkilotdir.