Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari DXX Toşkent şahar boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda 2022 yil 5 yanvar kuni ötkazilgan tezkor tadbir davomida 1998 yilda tuğilgan talaba qiz va 1994 yilda tuğilgan ayolning yaşaş xonadoni közdan keçirilgan. Tekşiruv paytida xonadonda saqlab kelinayotgan 16 dona flakonda “Tropikamid” nomli, 140 dona “Regapen” nomli dori vositalari, 2 dona yelim falkonda rangsiz suyuq modda hamda 31 dona “Tropikamid” yozuvli böş flakon mavjudligi aniqlangan.
Şundan söng har ikkala ayol kuçli ta’sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş jinoyatini sodir etişda ayblanib, ularga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Sud-kimyoviy ekspertizasi gumonlanuvçilarning yonida topilgan moddalar pregabalin, tropikamid moddalari ekani va ular “Özbeksiton Respublikasida kuçli ta’sir qiluvçi moddalar muomalasini tartibga soliş töğrisidagi” 818-sonli hukumat qarorida körsatib ötilgan kuçli ta’sir qiluvçi moddalar turkumiga kirişini tasdiqlagan.
“Aviatsiya yönalişida böyiça oliy ta’lim olaman. Ota-onam bu yölga kirib qolganimni bilmaydi. Jarohat olganim ta’sirida burnim bir neça yillardan beri bitib qolardi. Keyin şuni sepib körsa oçila deb eşitdim. Şu paytgaça 5-6 marta işlatganman. Qilgan işimdan puşaymonman. Boşqa bu moddalarni qabul qilmaslikka söz beraman. Bir marta imkoniyat berişingizni sörayman”, deydi sudda 24 yaşar talaba qiz.
“Erim bilan ajraşganman. Dorilarni köçadan, qöldan, özimiz iste’mol qilişimiz uçun olganmiz. Farzandimdan ayrilganimdan söng şunga boğlanib qolganman. Ota-onam yaqin-yaqingaça bilmasdi. Qölga olinganimdan keyin şu yölga kirib qolganimni bilişdi”, deydi 28 yaşar sudlanuvçi ayol.
Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tumani sudi hukmiga köra, JKning 251-1-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan sudlanuvçilar 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.











