Aleksey Navalniy jamoasi 10 noyabr, payşanba kuni «General Böliş. Surovikin uruşda qanday qilib pul topyapti» degan suriştiruvni çop etdi. Unda 8 oktyabr kuni Ukrainadagi rus qöşinlari guruhi qömondoni etib tayinlangan armiya generali Sergey Surovikin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Suriyada faoliyat yuritayotgan «eng yaqin dösti» kompaniyasi bilan boğlangan.

Naşrning ta’kidlaşiça, Surovikinning rafiqasi bilan boğliq bölgan Sverdlovsk viloyatidagi «Argus SFK» yoğoç sanoati korxonasi multimilliarder Gennadiy Timçenkoga aloqador Suriyadagi fosfat qazib oluvçi kompaniyadan pul olgan. Avvalroq Suriyadagi Rossiya qöşinlariga Sergey Surovikin qömondonlik qilgan edi. Uning rafiqasi Anna va keyinçalik Sverdlovsk viloyati gubernatori bölgan Rossiya transport vaziri örinbosarining qizi Anastasiya Mişarina 2000-yillarning örtalarida birgalikda «Argus SFK» kompaniyasini taşkil qilişgan.

Navalniy jamoasining sözlariga köra, «Argus SFK» xöjayinlari özgargan bölsa-da, bugungi kunda öz faoliyatini davom ettirmoqda. U kamida 2018 yildan beri foyda keltirmagan. Ammo 2020-2021 yillarda Suriyada fosfat rudalarini qazib olişga ruxsat olgan Gennadiy Timçenkoning «Stroytransgaz» şu’ba korxonasi "STG Logistika"dan 104 million rubl kredit oldi. Navalniyning şeriklariga köra, bu kreditlar haligaça qaytarilmagan. Bundan taşqari, «Stroytransgaz» top-menejyerining rafiqasi Natalya Xryapova 2022 yilda "Argus"ga yana 25 million rubl kredit bergan.

Timçenko tuzilmalari 2017 yilning yozida Aş-Şarqiya va Xneyfis fosfat konlarida işlab çiqarişni tiklaşni boşladi. Navalniy jamoasining fikriça, Rossiya harbiylari konlarni IŞID guruhi jangarilaridan tozalaş va Suriyadan fosfatlarni xavfsiz olib çiqişda iştirok etgan. Suriştiruvçilar fikriça, «Argus»ga ajratilgan kreditlar Suriyadagi Timçenko kompaniyalariga yordam bergani uçun Surovikinga «minnatdorçilik»ning yaşirin şaklidir.