Dunyoning katta qismini egallagan Yevrosiyo mintaqasidagi 150 mln aholiga ega nufuzli tuzilma - Turkiy davlatlar taşkilotining yangi formatdagi ilk sammiti boşlanyapti.
Anjuman mezboni – qadimdan Turk dunyosining boş kenti sanalgan, şarq gavhari Samarqand şahri bugun köpçilik diqqat markazida.
Özbekiston bu tuzilma faoliyatida 2019 yildan buyon faol iştirok etib keladi. Ötgan qisqa davr içida Davlatimiz rahbari tomonidan taşkilotga a’zo mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşga qaratilgan 30 dan ortiq taşabbus va takliflar ilgari surilgan. Aksariyati amaliyotga tatbiq ham etildi.
Bu sammitning öziga xos jihati – uning yakuniga köra “Samarqand deklaratsiyasi” imzolanadi va Özbekiston taşkilotga rahbarlikni qabul qilib oladi.













