Tadbirda Özbekiston boş vaziri örinbosari, investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev va TDT boş kotibi Bağdod Amreyev qatnaşdi.

“Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş maqsadida Turkiy davlatlar taşkiloti Investitsiya jamğarmasini ta’sis etiş böyiça bitim imzolanişini kelişib oldik. Işonamanki, Investitsiya jamğarmasini ta’sis etiş köp qirrali munosabatlarimiz rivojlanişida yangi zamin yaratadi”, dedi Jamşid Xöjayev.

Turkiy davlatlar taşkiloti birinçi sammiti doirasida Savdoga kömaklaşiş strategiyasi imzolanişi kutilayotgani, bu TDT mamlakatlarida savdodagi miqdoriy çeklovlar hamda notarif çoralar bartaraf etilişiga kömaklaşişi qayd etildi.