Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, fuqarolardan biri 102 raqami orqali M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Ğallaorol tumanidan ötgan qismida, yöl yoqasidagi qirlikda yoş ayol va voyaga yetmagan bolaning kuygan jasadlarini körgani haqida xabar bergan.
Hodisa joyiga zudlik bilan Ğallaorol tumani IIB tergov-tezkor guruhi xodimlari yetib borişgan va holat yuzasidan tezkor suriştiruv işlarini boşlab yuborişgan.
Dastlabki suriştiruv davomida jasad Buxoro viloyati Şofirkon tumanida «Iskagore» QFYda yaşovçi, 1993 tuğilgan ayolga tegişli ekani aniqlangan.
Sud-tibbiy ekspertizada ayol va bola yuqori nafas yöllarining berkilib qolişidan vafot etgani, qotil ularni böğib öldirgani aniqlagan.
Suriştiruv davomida ayol bilan birga yaşab kelgan, Buxoro viloyati Ğijduvon tumani «Sarmijol» QFYda yaşovçi, 2000 yilda tuğilgan yigit gumonlanuvçi sifatida qölga olinadi. Dastlabki tergov davomida yigit öz jinoyatini tan oladi.
Ma’lum bölişiça, yigit ayol bilan bundan 5 yil avval tanişgan va oila qurgan. 2017 yilda farzandli bölişgan. Yigitning zimmasiga oila boqiş çeki tuşgaç er-xotin örtasida tez-tez janjal sodir bölgan.
Joriy yil kuzda yigit xotinining homilador bölganidan xabar topib, uni va öğlini Toşkentga çaqirib olib, Zangiota tumani Olimpolvon mahallasidagi ijara uyga joylaştirgan. Bir neça kun ötib ular Buxoroga qaytişga qaror qilişgan va yölda Ğallaorol tumaniga tuşib qolişgan.
Şu yerda er-xotin örtasida yana janjal yuzaga kelgan. Yigit xotiniga bir neçta şapaloq tuşirgan, ayol uni toş bilan urgan. Şundan söng yigit xotinini panaga olib ötgan va uni böğib öldirgan.
Bu orada uxlab yotgan bola uyğonib ketgan va jinoyatga guvoh bölgan. Yigit uni olib ketmoqçi bölganida bola onasi bilan qolişini aytgan. Yigit jinoyatiga guvoh qolişini istamay, öğlini ham böğib öldirgan.
Qotil izni yöqotiş uçun marhumlarning kiyimlarini ularning ustiga taşlab yoqib yuborgan. Biroz ötib kimgadir duç kelib qolmaslik uçun voqea joyidan Buxoro tomonga ketib qolgan.













