Nizom davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilingan davlat organlari va taşkilotlarida (davlat organi) qöllaniladi.

Davlat fuqarolik xizmatçisini rotatsiya qiliş quyidagi maqsadlarda amalga oşiriladi:

  • davlat fuqarolik xizmatçisi şaxsiy va kasbga oid sifatlari, boşqaruv könikmalarini rivojlantiriş;
  • davlat organi faoliyati samaradorligini oşiriş, hududlarni jadal va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişni ta’minlaş;
  • rahbar kadrlar zaxirasini şakllantiriş, davlat fuqarolik xizmatçilari salohiyati va tajribasidan oqilona foydalaniş;  
  • korrupsiyaviy xavf-xatarlar oldini oliş.

Quyidagi davlat fuqarolik xizmatçilari rotatsiya qilinmaydi:

  • tayyorlaş, qayta tayyorlaşdan va malaka oşirişdan ötayotgan;
  • homilador ayollar, uç yoşga tölmagan bolalari bor ayollar;
  • tibbiy xulosaga asosan özlari yoki ular bilan birga yaşovçi oila a’zolari soğliği holati rotatsiya ötkazilayotgan davlat fuqarolik xizmati lavozimi böyiça xizmat majburiyatlarini amalga oşiriş imkoniyatini bermaydiganlar;
  • pensiya yoşiga yetişiga uç yil qolganlar.

Inson resurslarini boşqariş bölinmalari va korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari davlat fuqarolik xizmatçilari rotatsiyasini amalga oşiriş masalalari böyiça davlat organi mas’ul tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Davlat fuqarolik xizmatçilarini rotatsiya qiliş majburiy, rejali va rejadan taşqari tartibda amalga oşiriladi. Davlat fuqarolik xizmatçisini majburiy rotatsiya qiliş şartlari va muddatlari uning mehnat şartnomasida nazarda tutiladi.