Germaniyaning Der Spiegel naşri kurdlarning Hengaw inson huquqlari taşkilotiga tayanib, Eron milliy jamoasining sobiq futbolçisi Ali Daiy hibsga olinganini yozdi.

Xabar berilişiça, Ali Daiy va sobiq darvozabon Hamid Lok 8 noyabr kuni Seraxs şahridagi mehmonxonadan xavfsizlik kuçlari xodimlari tomonidan olib ketilgan. Ikkalasi ham Mahsa Aminiy ölimining qirq kunligiga bağişlangan norozilik namoyişida iştirok etiş uçun uşbu şaharga borgan.

Daiyning hibsga olingani haqida heç qanday rasmiy xabar yöq, biroq öşa kundan buyon sobiq futbolçining Instagram sahifasida jimlik.

Avvalroq, bir qator ommaviy axborot vositalari afsonaviy futbolçi ölim jazosiga hukm qilingani haqida xabar tarqatişdi. Biroq, bu ma’lumotlarning ham rasmiy tasdiği yöq.

Ali Daiy Eron milliy jamoasi tarkibida 109 ta gol urib, uzoq vaqt davomida dunyo milliy jamoalari orasidagi eng yaxşi töpurar hisoblangan. 2021 yilda Portugaliya milliy jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu uning rekordidan özib ketgan.

Daiy 2006 yilda Germaniyada bölib ötgan jahon çempionatidan söng, Eron milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi.