Rossiya Taşqi işlar vazirligi yana 200 nafar AQŞ fuqarosiga nisbatan şaxsiy sanksiyalar kiritdi. Bu haqda 11 noyabr, juma kuni Rossiya TIV saytida ma’lum qilingan.

Gap Amerika rasmiylari vakillari, qonun çiqaruvçilar, ularning yaqin qarindoşlari, harbiy-sanoat kompleksi (HSK) kompaniyalari va korxonalari rahbarlari, ekspertlar va lobbiçilar haqida ketmoqda.

Röyxatga, xususan, AQŞ prezidenti Jo Baydenning qarindoşlari – singlisi Valeri Bayden Ouens, ukalari Jyeyms va Frensis Baydenlar, şuningdek, bir qator senatorlar, jumladan Vermontdan Berni Sanders va Massaçusets ştatidan Elizabet Uorren kiritilgan. Röyxatga Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ham kirgan. Jurnalist va yozuvçi Enn Applebaum, Politico gazetasi boş muharriri Metyu Kaminskiy, AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining turmuş örtoği – Pol Pelosining ham röyxatda bor. Ularning barçasiga Rossiyaga kiriş taqiqlandi.

Avvalroq, 5 sentabr kuni taniqli amerikalik kinoaktyorlar Şon Penn va Ben Stiller Rossiyaga kirişi taqiqlangan şaxslar röyxatiga kiritilgan edi.

Penn va Stiller Rossiya tomonidan uruş boşlanganidan keyin Ukrainani oçiq qöllab-quvvatladilar. Bundan taşqari, Penn Rossiya bosqinçiligi haqida hujjatli film suratga olişga qaror qildi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy avgust oyi oxirida ikkala amerikalik aktyorni uçinçi darajali "Xizmatlari uçun" ordenlari bilan taqdirladi.

Bungaça, 25 oktyabr kuni Rossiya Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning Rossiya hududiga kirişi taqiqlangan vakillari röyxatini kengaytirdi.

Röyxatga, jumladan, Ukrainaga «öz mahsulotlarini yetkazib beriş bilan şuğullanuvçi qurol va harbiy texnika işlab çiqariş böyiça Yevropa tijorat tuzilmalari vakillari» kiritilgan. «Çeklovlar Yevropa kengaşi Parlament assambleyasining alohida deputatlariga ham tegişli», deya bildirdi Rossiya TIV.

30 sentabr kuni AQŞ va Buyuk Britaniya Moskvaga qarşi yangi sanksiyalar kiritilişini e’lon qildi. Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina Vaşington va Londonning sanksiya röyxatiga kiritilgan. Bundan taşqari, Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak, Federatsiyalar kengaşi a’zolari, şuningdek, mudofaa vaziri Sergey Şoyguning rafiqasi va qizi AQŞ çeklov çoralari röyxatiga tuşdi.