«AQŞning pozitsiyasi özgarmaydi, u olti oy avvalgidek qolmoqda. Biz Ukrainaning jang maydonidagi pozitsiyasini mustahkamlaş uçun qölimizdan kelgan hamma narsani qilamiz», dedi u prezident samolyoti bortida jurnalistlarga. 

Jyeyk Sallivan prezident Jo Baydenga AQŞ-ASeAN va G20 sammitlariga parvozda hamrohlik qilyapti.

Bir kun avval AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Ukrainaga 400 million dollarlik yangi qurollar partiyasini ajratişga ruxsat berganini e’lon qilgan edi. 

U Hawk zenit tizimi uçun raketalar, Stinger raketalari bilan jihozlangan törtta Avenger zenit-raketa majmuasi, HIMARS yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari uçun qöşimça öq-dorilar, 21 mingta 155 millimetrli artilleriya snaryadlari, 500 ta yuqori aniqlikdagi 155 millimetrli artilleriya snaryadlari, sovuq havo uçun uskunalar va boşqa harbiy texnikani öz içiga oladi.

Pentagon press-relizida ta’kidlanganidek, AQŞning Ukrainaga yangi yordam paketi 2021 yil avgustidan beri 25-yordam paketidir. Umuman olganda, Bayden boşqaruvi davri boşlanganidan beri Qöşma Ştatlar Kiyevga 19,3 milliard dollardan ortiq harbiy yordam körsatgan.