Tasma tutgan Nizomiddinov, sahnaga sig‘magan «g‘olib»lar va 18 ta mashina – kasaba uyushmalari bayramidan reportaj
11 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Kun.uz muxbiri ushbu tadbirdan fotoreportaj taqdim qiladi.
Tadbir Toshkentning tarixiy binolaridan biri – sobiq «Sverdlov» nomli konsert zali binosi negizida qayta qurilgan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari saroyi»ning ochilish marosimi bilan boshlandi.
Ochilish marosimida faxriylardan biri ramziy tasmani vaqtidan ilgari kesib qo‘ydi. Prezident administratsiyasining sobiq rahbari, ayni vaqtda Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Zaynilobiddin Nizomiddinov epchillik qilib, tasmani ushlab turdi.
Marosimda Qudratulla Rafiqov boshchiligidagi Kasaba uyushmalari federatsiyasi rasmiylari, Oliy majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Qonunchilik palatasi Spikeri birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, deputatlar Aktam Hayitov, Rustam Kalonov va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovlar qatnashdi.
Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov Shavkat Mirziyoyevning Kasaba uyushmalari a’zolari va faollariga bayram tabrigini o‘qib berdi.


Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevlar tadbirda ko‘p qolishmadi.



Tadbirda respublika bo‘ylab turli soha vakillariga mukofotlar topshirildi. Mukofot va turli unvon olganlar shunchalik ko‘p bo‘ldiki, ularning ayrimlari sahnaga ham sig‘may qoldi.
Shuningdek, «Eng yaxshi mahalla raisi», «Eng yaxshi sektor rahbari», «Eng namunali ish beruvchi ayol», “Eng yaxshi hokim yordamchisi», «Eng yaxshi yoshlar yetakchisi» va «Eng yaxshi xotin-qizlar faoli» tanlovining g‘oliblariga diplom va avtomobillar sovg‘a qilindi.
Xususan, 3-o‘rin g‘oliblariga «Spark», 2-o‘ringa «Kobalt» va 1-o‘ringa «Jyentra» (jami 18 ta) avtomobillari topshirildi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ota mehri. Nogiron bolaning qahramon otasi haqida
Jamiyat | 07:48
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
Mavzuga oid

14:18 / 15.01.2025
Mansab vakolatini suiiste’mol qilib sudlangan Andijon tumani sobiq hokimi viloyat kasaba uyushmalari kengashiga rais bo‘ldi

16:20 / 23.01.2024
Fotoreportaj: Eski Shohjahonobod – bugungi Dehlidagi odatiy hayot

15:35 / 02.05.2023
Ishlanmaydigan bayram kunlari soni 10 taga yetadi

20:11 / 09.02.2023