Davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan tabrik matnida aytilişiça, joriy yilda ötkazilgan muloqotlar har tomonlama foydali bölgan. Buning natijasida 2022 yilda sohaga oid yigirmadan ziyod qonun, farmon va qarorlar hamda boşqa zarur me’yoriy hujjatlar qabul qilinib, hayotga izçil tatbiq etilmoqda.

Bu yil hududlar böylab ötkazilgan salomatlik aksiyalari davomida fuqarolarning 210 ming nafari ambulator va 65 ming nafari statsionar şaroitda soğlomlaştirilgan. 

"Şu sababli, tibbiyot sohasini rivojlantiriş jarayonida, avvalo, bu boradagi mavjud munosabat va yondaşuvlarni tubdan özgartirib, “inson – jamiyat – davlat” tamoyilini hayotga joriy  etiş ustuvor masala bölib qolmoqda. Şu maqsadda tibbiyotning birlamçi böğinini kuçaytiriş, ayniqsa, qişloq va mahallalarda tibbiy xizmatni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz", deyiladi tabrikda.

2022 yilda joylarda 100 dan ziyod oilaviy şifokorlik punkti, poliklinikalar hamda olis va çekka hududlarda 1000 dan ortiq mahalla tibbiyot punktlari taşkil etilgan. Natijada qöşimça ravişda yana 3,5 million aholini birlamçi tibbiy xizmat bilan qamrab olişga erişilgan.

Oilaviy şifokorlar tomonidan aholiga bepul tarqatiladigan 70 xildagi dori-darmonlar uçun mablağlar hajmi ötgan yilga nisbatan 3 barobarga oşirilgan. Birlamçi tibbiyot muassasalari zamonaviy ultratovuş, elektrokardiogramma uskunalari, stomatologik va jarrohlik töplamlari bilan jihozlanayotgani aytiladi.

Ta’kidlanişiça, oilaviy poliklinikalarda kunduzgi davolaş örinlari taşkil etilişi natijasida 740 ming kişi şifoxonaga bormasdan, bevosita özi istiqomat qilayotgan mahallada muolaja oliş imkoniyatiga ega bölgan.

Mamlakatda xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantiriş maqsadida uşbu klinikalarga soliq va bojxona imtiyozlari berilib, majburiy turistik yiğimlar bekor qilindi hamda davlat mablağlari hisobidan tibbiy xizmat körsatişga ruxsat etildi.

"Salomatlik posbonlarining oğir va mas’uliyatli mehnatini munosib qadrlaş, ularning öz kasbidan manfaatdorligini oşiriş masalasi ham davlatimizning doimiy e’tibor markazida turibdi. 

Yaqinda soha xodimlarining oylik maoşi 30 foizgaça oşirilib, iş samaradorligi va natijasiga qarab tabaqalaştirilgan rağbatlantiriş hamda ustama tölovlari joriy etilgani ham bu yöldagi muhim qadam bölganini qayd etiş lozim.