Dunyo böylab eng köp sotilgan avtomobillar

Focus2move tahlilçilari dunyoning 162ta mamlakatidan olingan ma’lumotlarni örganib çiqqan holda, joriy yilning ötgan davrida eng köp sotilgan avtomobil modellarini e’lon qilişdi.

2022 yilda eng köp sotilgan avtomobillar reytingida birinçi örinni Toyota Corolla sedani egalladi. Statistikaga köra, joriy yilda 840 000 dona Toyota Corolla sotilgan. Ikkinçi öringa Toyota RAM4 krossoveri joylaşgan bölib, 2022 yilda 654 000 dona uşbu rusumdagi avtomobil sotilgan. AQŞda bessellerga aylangan Ford F-Series pikapi uçinçi örindan joy olgan.

Foto: Toyota

Top-10 talik quyidagiça:

1.Toyota Corolla sedani

2.Toyota RAV4 krossoveri

3.Ford F-Series pikapi

4.Tesla Model Y krossoveri

5.Tesla Model 3

6.Toyota Camry

7.Honda CR-V

8.Chevrolet Silverado

9.RAM pikapi

10.Toyota Hilux va Hyundai Tucson

Noyob smart-soat

Garmin kompaniyasi smart-soatlari qatorini Instinct Crossover modeli bilan kengaytirdi. Gadjet an’anaviy soatga öxşaydi, lekin sport yoki sayohat bilan boğliq köplab aqlli funksiyalarga ega. 

Soatning eng muhim xususiyati quyoş paneli bölib, oddiy rejimda 70 kungaça va energiyani tejaş rejimida «çeksiz» avtonom işlaşni ta’minlaydi.