15 yoşli Ravşanbek Abdusattorov Farğona viloyat IIBga qaraşli Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazida sirli tarzda ölim topgani jamoatçilikda e’tiroz va savollar uyğotmoqda. Faollar bu hodisa tizimning muammosini körsatgani, haligaça yuqoriroq lavozimli biror mulozim yuz bergan voqea böyiça tuşuntiriş bermagani yoki uzr söramaganiga urğu qaratmoqda.

Ravşanbek Abdusattorov 16 oktyabr kuni savdo majmuasidan jami 17 ming sömlik qurut va içimlik olib, pulini tölamay çiqib ketayotganda sotuvçilar tomonidan uşlanib, hududdagi profilaktika inspektorlariga topşirilgan. Inspektorlar Ravşanbek Abdusattorovni dastlab Buvayda IIBga, söngra Qöqon şahridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga olib borişgan. Oradan ikki kun ötgaç şu muassasadan uning jasadi çiqadi.

Kun.uz suriştiruvi davomida uning ölimi ança vaqt uning yaqinlaridan sir tutilgani ma’lum böldi. Rasmiylar marhumning ölimiga markazdagi sakkiz nafar bola bilan kelib çiqqan nizo sabab bölganini aytişmoqda. Biroq bolaning yaqinlari bunga işonmayapti. Holat yuzasidan Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, ikki kişiga nisbatan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllangan. Viloyat IIB xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan, ikki nafar xodim IIO xizmatidan böşatilgan. Ular navbatçilik qilgan kunda tarbiyalanuvçilarni nazoratsiz qoldirib, janjalning oldini olmagani uçun jazolangan. Holat Bola huquqlari böyiça vakil (Bolalar Ombudsmani) nazoratiga olingan.

«Oçiq sud bölişi şart!»

Jurnalist Aziza Qurbonova prokuratura tez orada «içkarida» aslida nima bölganini aniqlaşi, sud işi esa oçiq bölişi şartligini ta’kidlagan.