Savdo majmuasidan jami 17 ming sömlik qurut va içimlik olib pulini tölamay çiqib ketgani uçun IIBning Qöqon şahridagi Voyaga yetmaganlar markaziga olib ketilgan 15 yoşli Ravşanbek Abdusattorov “hibs” etilgan muassasada sirli tarzda ölim topdi. Şubhali tomoni maş’um hodisa ança vaqt marhumning yaqinlaridan sir tutilgan.
16 oktyabr kuni Ravşanbek Abdusattorov Farğona viloyati Uçköprik tumanida joylaşgan «Ansor» savdo majmuasidan 17 ming sömlik qurut va energetik içimlikni olib, pulini tölamasdan çiqmoqçi bölgan. Buni kuzatib turgan nazoratçilar IIBga xabar bergan. Şundan söng ösmirni savdo majmuasidan IIB xodimlari olib ketişgan. Ravşanbek Abdusattorov avvaliga Buvayda tuman IIBga, keyin esa Qöqon şahridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga olib borilgan.
18 oktyabr kuni bolaning murdasi yaqinlariga berilgan. Kun.uz muxbiri sirli ölim bilan boğliq holat yuzasidan jurnalistik suriştiruv olib bordi.
«Yakkayu yolğiz singlim bor. U Oltiariq tumaniga turmuşga çiqib ajrab kelgan. Ravşanjon singlimning bittayu bitta öğli edi. Bu jiyanimni onam bilan opiçlab katta qilgan edik.
«Uçastkavoy»lar jiyanimni Voyaga yetmaganlar markaziga olib borib, uni tuni bilan uxlatişmagan. Bolani urib öldirib qöyişgan. Onasi markazga borganida bolangiz uxlab qoldi, ertasi kuni özimiz olib borib beramiz, deyişgan.
Marhum suratda çapdan ikkinçisi
Asosiy gumonim içki işlar xodimlaridan. Ular Ravşanbekni urib öldirib, markazda tarbiyalanayotgan bolalarni böyniga ilib qöyişmoqda. Jiyanimni urib öldirişda ayblanayotgan bolalarni körsatişlarini söraganimda negadir ular özlarini olib qoçişyapti. Ravşanbekni qiynab öldirganlarga qonuniy çora körişlarini sörayman.
Marhum yaşagan xonadon
Jiyanimning ölik holatini köriş ğoyat qörqinçli. Uni kaltaklayverib majaqlab taşlaşgan. Orqa tomoni şilingan, yuz qismlari yorilib ketgan. Bitta tovuğingiz ölsa qançalik qayğurasiz. Biz bu bolani otasiz 15 yil katta qilgan edik.
Mavzuga oid
Onasi 45 yoşga kirdi. Endi buning onasini kim boqadi?» – deydi u.
«Öğlimni öldirib qöyişib, buni mendan yaşirişdi»
Zaynabxon Qöçqorova. Marhumning onasi
«2007 yilda oilam buzilib, öğlim Ravşanbek çaqaloqligida ota uyimga qaytib kelganman. Bolamni yolğiz boşim bilan otasiz katta qildim. Farzand katta qiliş oson bölmadi. Bolam ögay ota qölida qolmasin deb boşqa rözğor qilmadim. 9-sinfda öqiyotgan öğlimni maktabdan keyin hunar örgansin deb mebel ustasiga şogirdlikka berdim.
16 oktyabr yakşanba kuni paxta terimiga çiqib ketgandim. Öğlim şu kuni mebel sexiga işga kirib çiqqaç velosipediga minib, «Ansor» dökoniga borgan. Ravşanbek işxonasida buyurtma köpayib ketganida köpinça öşa yerda qolib ertasi kuni uyga kelardi. U 16 oktyabr kuni uyga kelmadi. Har doimgidek işxonasida qolgan bölsa kerak, deb öyladim.
Ertasiga — 17 oktyabr kuni ustasiga qönğiroq qilganimda öğlim işxonada qolmaganini aytdi. Şundan keyin uni qidirişga tuşdik. Keçki payt soat 21:30 larda uçastkavoy qönğiroq qilib, öğlim voyaga yetmaganlarni nazorat qiliş markazida ekani, ular telefon raqamimni söraşayotganini aytdi. Markazdan qönğiroq bölib öğlimning soğligida muammo bor-yöqligi haqida söraşdi. Bir ozdan keyin aynan öşa markazdan bir ayol va erkak uyga keldi. Ular bilan birga markazga bordim. Xodim meni taşqarida qoldirib, özi içkariga kirib ketdi va oradan 2 soat ötib qaytib çiqdi. Öşa paytda öğlim omonatini topşirib bölgan ekan. Buni mendan yaşirişgan.
Iltimosimga qaramay bolamni körsatişmadi. Markaz boşliği tunda 01:00 larda kirib keldi. Bolangiz uxlayapti, ertasi kuni ertalab soat 8:00 larda özimiz uyingizga maşina jönatamiz, bolangizni öşanda kelib olib ketasiz, deb aldab jönatişdi.
Ertasi kuni va’da qilingan maşina kelmadi. Sabrim çidamay markaz tomon yölga çiqdim. Şaharga yetgan paytimda akamlarga qönğiroq bölib bola morgda ekani murdani yorişdan avval kelib körişlari aytişibdi.
Tunlari uyqum yöq. Öğlim qanday qilib özgalar qölida jon berganini öylasam, özimni qöyarga joy topa olmayapman. Puli yöq, yolğiz onalar farzandi öldiriladigan davlatda yaşayotganimdan afsusdaman. Yolğiz öğlim ölimida aybdorlar topilib, jazolanişini talab qilaman», – deydi marhumning onasi.
«Nabiram yöqolib qolgaç IIBga bordim. U yerda yöqligini aytişdi. Ertasi kuni yana IIBga bordim. Ravşanbek nom-nişonsiz ketgan edi. Oradan bir kun ötib morgdan uning öligini olib çiqişdi. Yuvoşga kun yöq, deb bekorga aytişmagan ekan. Nabiram otasiz ulğaygani uçunmi odamovi, juda yuvoş va sodda bola edi», — deydi u.
Anvarjon Muxtorov
Mebel sexi rahbari Anvarjon Muxtorov marhum Ravşanbek 2 yildan beri qöl ostida işlayotgani, mebel yasaş qölidan kelib qolgani, şogirdi yuvoş, kamsuqum bola ekanini ta’kidladi.
Marhum işlagan mebel sexi
Marhum işlagan mebel sexi
Uning qöşimça qilişiça, bola otasiz ösayotgani uçun onasiga yordam beriş maqsadida hunar örganayotgan bölgan. 17 oktyabr kuni şogirdi soat 10:00 larda ustaxonani tozalab qöyib, uyiga ketgan.
Qöqon şahar Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga mudhiş hodisa tafsilotlarini söroqlab borganimizda Kun.uzdan kelganimizni bilgan xodim içkaridan turib eşikni oçmay markaz rahbariga bu haqda xabar berişini aytdi.
Oradan ança vaqt ötgan bölsa-da, eşik oçilmadi. Eşik qönğiroği takror va takror bosilganida eşik tuynugidan xodimlardan biri çiqib, markaz rahbari iş joyida emasligini aytdi. Içkaridan eşikni oçişga harakat bölmadi.
Farzand doğida ado-yu tamom bölgan marhumning onasi va toğasi içkariga kiriş uçun markaz darvozasini taşqari tomondan itara boşladi. Darvoza qulfi içkaridan sinib darvoza oçildi va içkariga kirdik. Xodimlardan biri Kun.uz muxbirini darvozani buzib kirişda boş aybdor sanadi.
Eng qiziği, içkaridan bizni kameradan kuzatib turgan xodimlar markazda heç kim yöqligi, rahbar bilan bir qatorda barça xodimlar almaşganligiga işontirmoqçi bölişdi. Holat böyiça izoh oliş har doimgidek besamar ketdi.
Şundan söng marhum mahsulot olib pulini tölamay çiqib ketgan «Ansor» savdo markaziga bordik. Özini markaz iş boşqaruvçisi yordamçisi deb taniştirgan Husanjon Ğofurov öğirlik bilan boğliq voqeani quyidagiça izohladi:
Husanjon Ğofurov
«16 oktyabr kuni savdo markazimizga mijoz bölib kirgan ösmir bir dona energetika içimligi va bir dona qurut olib pulini tölamay taşqariga çiqib ketayotgan paytda nazoratçilar tomonidan töxtatilib, holat böyiça tuman IIB ga xabar berdik.
Puli tölanmay olib çiqib ketilgan 5 000 sömlik qurut
Puli tölanmay olib çiqib ketilgan 12 000 sömlik energetik içimlik
Kameradan holatga oydinlik kiritganimizdan keyin markazga tegişli IIB inspektorlarini çaqirdik. Bolani olib ketişdi», – deydi u.
Marhum qanday holatda IIBga olib ketildi? U Qöqon şahar Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga olib borilganida bolaning holati qanday bölgani haqida ma’lumot oliş uçun Buvayda tuman IIBga bordik.
Özini IIB boşliği örinbosari deb taniştirgan xodim kutilganidek holat böyiça izoh bera olmasligi, barça ma’lumotlar faqatgina viloyat IIB axborot xizmati orqali olinişi haqida aytdi. Hattoki içki işlar binosini suratga oliş mumkin emasligini alohida ta’kidladi.
Farğona viloyati içki işlar idoralari binosida fuqarolarning ölik holatda çiqişi keyingi paytlarda jamoatçilik e’tirozlariga sabab bölmoqda. Avvaliga Quvasoy şahrida 60 yoşli fuqaro şubhali tarzda IIB xodimlarining qölida jon berdi. 8 noyabr kuni esa Qöqon şahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Vaqtinça saqlaş hibsxonasida saqlanayotgan mahkum yurak kasalligi oqibatida vafot etdi.
Ravşanbek Abdusattorovning sirli ölimi yuzasidan Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, ikki nafar şaxsga nisbatan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllangan. Viloyat IIB xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan.
Holat Bola huquqlari böyiça vakil (Bolalar Ombudsmani) nazoratiga olinib, Boş prokuratura va Içki işlar vazirligiga murojaat qilingan. Muassasadagi mavjud holat örganilayotgani va bu haqda jamoatçilik xabardor qilinişi ma’lum qilindi.