11 noyabr kuni Rossiya qöşinlari şoşilinçda tark etgan Xerson şahri va uning atrofidagi qişloqlarga Ukraina armiyasi kirib keldi. Rossiya bir oy oldin annexia qilişga uringan Xerson oblasti markazida yaşovçi minglab kişilar ukrain harbiylarini qarşi oliş uçun çiqişdi. Endi Xerson ozod etilgan, lekin oblastning Dnepr daryosi çap sohilidagi törtdan uç qismi RF nazoratida qolmoqda. Rossiya artilleriyasi şahardan bir neça kilometr masofada joylaşgan.

Quyida 12 noyabr, uruşning 262-kunida Xersonda olingan suratlar.

Xerson oblastida Ukraina qurolli kuçlari tomonidan ozod etilgan Kiselevka posyolkasida yaşovçi Volodimir Çoxon Xerson şahriga olib boruvçi yöldagi qölbola körsatkiç oldida. Kisilevka Xersondan 20-25 kilometr masofada joylaşgan.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xerson atrofidagi şosse yoqasida yonib ketgan maşina. 2022 yil 12 noyabr
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiselevkada gullar bilan kutib olinayotgan ukrain harbiysi
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRES​S / ddp images / Vida Press
Xerson, 2022 yil 12 noyabr
Lesko Kromplitz / Reuters / Scanpix / LETA
Lesko Kromplitz / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya armiyasi Xersondan çekinayotib şaharda internetni öçirib ketgan. Ukraina armiyasi köçalarga SpaceX kompaniyasi taqdim etgan Starlink terminallarini örnatdi.
Lesko Kromplitz / Reuters / Scanpix / LETA