15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida G20 sammiti bölib ötadi, unda turli davlat rahbarlari, jumladan, AQŞ prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakçisi Si Jinping iştirok etadi. 

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va Buyuk Britaniyada esa uşbu tadbir uçun alohida reja bor. Ular Rossiya delegatsiyasini izolyatsiya qiliş va uning çiqişlarini boykot qiliş çoralarini körmoqçi. Bu haqda Yevropa taşqi işlar xizmati vakiliga tayangan holda The Telegraph yozdi. 

Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin, Ğarb davlatlari sammit mezbonidan Rossiya Federatsiyasini tadbirda iştirok etişdan çetlatişni söragan edi. Agar bu amalga oşmasa, sammitni boykot etiş bilan tahdid qilişdi. 

Bosimlarga qaramay, Indoneziya Rossiya prezidenti Vladimir Putinga va  Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga taklif yubordi. 

Sammit boşlanişiga bir neça kun qolganida Rossiya va Ukraina prezidentlari Bali oroliga bormasligi ma’lum böldi. Şu bois Rossiyadan taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov iştirok etadi. Biroq, Ğarb Rossiya vakilining nutq sözlaşiga tösqinlik qilişni rejalaştirmoqda. 

Ma’lum bölişiça, yevropaliklar öz şeriklarining Rossiya delegatsiyasi a’zolari, jumladan, Lavrov bilan uçraşişiga yöl qöymaslikni maqsad qilgan. Şuningdek, ular Rossiya vakili nutqi paytida zaldan çiqib ketmoqçi. Taxminlarga köra, Italiya, Germaniya, Ispaniya va Fransiya ham Rossiyani izolyatsiya qilişga faol hissa qöşmoqçi.