Qayd etilişiça, Rossiyaning Xersondan çiqib ketişi uruş tarafdorlari va Putin örtasida mafkuraviy kelişmovçilikni kuçaytirmoqda, prezidentning Ukrainaga qarşi uruşda öz va’dalarini bajariş istagi va qobiliyatiga işonçni susaytirmoqda.

ISW ma’lumotlariga köra, rossiyalik öta millatçilar orasida Putinning rus mafkurasiga sodiqligiga şubha kuçaygani Putinning millatçilar uçun qiziqişini pasaytiradi, şu bilan birga safarbarlik va köp qurbonlar Rossiya jamiyatida norozilikni keltirib çiqarişda davom etişi mumkin.

ISW hisobotida qayd etilişiça, Xerson yöqotilganidan söng, "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi bilan boğliq ijtimoiy tarmoqdagi kanallar ham Kremlga qarşi çiqdi, bu esa harbiy blogerlar orasida rus qöşinlarini olib çiqiş qarori qöllab-quvvatlanmayotgani hamda Rossiya xavfsizlik kuçlari vakillari orasida keskinlikning yanada kuçayişi kuzatilişi mumkinligidan dalolat berişi aytiladi.

Bundan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Safarbarlik töğrisida»gi qonunga özgartirişlar kiritib, ba’zi öta oğir jinoyat uçun sudlanganligi olib taşlanmagan yoki jazosi ötalmagan fuqarolarni harbiy xizmatga çaqirişga qöyilgan taqiqni bekor qilgandi. 

Şuningdek, endi qotillik, talonçilik, bosqinçilik yoki giyohvand moddalar savdosi uçun jazo muddatini ötaganlarni ham uruşga jönatiş mumkin böladi. Şu bilan birga, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarşi jinoyat sodir etganlikda ayblangan, «terrorçilik» va «ekstremistik» moddalar bilan sudlangan şaxslarni safarbarlikka çaqiriş taqiqlanadi.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining oğir jinoyatlari toifasiga beş yildan ortiq qamoq jazosi berilişi mumkin bölgan jinoyatlar kiradi. «Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik töğrisida»gi qonunning yangi tahririda oğir jinoyatlar sanab ötilmagan, balki Jinoyat kodeksining safarbar qiliş mumkin bölmagan moddalari körsatilgan.

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asosçisi Yevgeniy Prigojin uzoq vaqtdan beri mahbuslarni Ukrainaga uruşga borişga undab kelmoqda. Putin imzolagan tuzatişlar ular haqida emas, balki avval oğir jinoyat uçun sudlangan, ammo jazoni ötab, hozirda ozodlikka çiqqanlar haqida.