Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda foydalaniş uçun Belarusdan S-300/400 zenit-raketa komplekslari (ZRK) uçun yana 20 ta raketani olib çiqib ketdi. Bu haqda «Belaruski Gayun» monitoring guruhi Telegram-kanalida xabar berdi.
Guruh Belarusga Rossiya harbiy-kosmik kuçlarining yana bir Il-76 samolyoti yetib kelganini qayd etdi - RF-76605 röyxatga oliş raqami bölgan samolyot 13 noyabr kuni «Maçulişçi» aerodromiga qöngan.
Aerodromda ikki soatdan sal köproq vaqt davomida bölgaç, samolyot Rostov viloyatidagi «Millerovo» aerodromiga uçib ketdi, deyiladi xabarda.
Guruh ma’lumotlariga köra, sönggi kunlarda Rossiyadan Maçulişçiga 8 ta Il-76 yetib kelgan, ular, ehtimol, Belarusdan S-300/400 zenit-raketa komplekslari uçun raketalarni olib çiqib ketyapti.
Bundan taşqari, 13 noyabr kuni soat 13:00 da Maçulişçi aerodromi yönalişida S-300/400 zenit-raketa kompleksi uçun törtta raketa konteyneri – 20 ta raketa olib ketayotgan beşta tral (katta qopsimon tör) payqalgan.
«Şunday qilib, biz Luhansk va Donetsk yönalişidagi guruhlarga raketalarni keyingi yetkazib beriş uçun sönggi kunlarda Belarusdan Rossiya Federatsiyasiga raketalar olib çiqib ketilayotganini qöşimça ravişda tasdiqladik», deb yozadi «Belaruski Gayun».













