Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitida iştirok etişi mumkin edi, biroq boşqa davlatlar tomonidan Rossiyani tanqid qiliş kuçayib borayotgani sababli bu ğoyadan voz keçdi. Bu fikrni Germaniya kansleri Olaf Şols 13 noyabr, yakşanba kuni Xanoyda jurnalistlar bilan suhbat çoğida bildirdi, uning sözlaridan Reuters iqtibos keltirmoqda.

Şolsning sözlariga köra, Putin anjumanga kelsa, «yaxşi bölardi». «Ammo öşanda u dunyoning köplab davlatlari tuzgan barça savollar va tanqidlarga duç kelişi kerak edi. Katta ehtimol bilan u kelmaydi», - dedi Germaniya kansleri.

Ammo Putinning yöqligi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi muhokamasiga ta’sir qilmaydi, dedi Şols. Jahon hamjamiyati Kremlga «harbiy kuçayişga yöl qöyib bölmasligi va tinçlikni ta’minlovçi takliflar böyiça, şu jumladan, Rossiya rasmiylari, Rossiya prezidenti tomonidan qadamlar qöyilişi kerak»ligini oçiq aytdi. «Şuning uçun biz xalqaro qoidalarga rioya qiliş, qonun kuçdan ustun turişi kerakligini aniq körsatuvçi fikrni şakllantiriş ustida qattiq işlayapmiz», — dedi kansler.

Putinning 15—16 noyabr kunlari Bali orolida (Indoneziya) bölib ötadigan G20 sammitida iştirok etişdan boş tortgani anjumandan bir neça kun oldin ma’lum böldi. Biroq sammitda uçraşuvlar çoğida Ukraina mavzusini kötarişga va’da bergan AQŞ prezidenti Jo Bayden, Xitoy yetakçisi Si Jinping va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy iştirok etadi va iştirokçilarga videomurojaat qiladi.

Sammitda Putin örniga Rossiyadan taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov qatnaşadi. Şu bilan birga, iyul oyida G20 sammitiga sönggi safari çoğida rossiyalik vazir yakkalanib qolgandi – yiğiliş iştirokçilari u bilan bir guruh bölib suratga tuşmagan, Lavrov esa nutqidan söng darhol majlislar zalidan çiqib ketgan.

Putinning özi uruş boşlanganidan beri Rossiyadan taşqariga kamdan-kam çiqyapti - bunday safarlardan biri uning iyul oyida Tehronga qilgan taşrifi bölib, unda Rossiya prezidenti va uning eronlik hamkasbi Ibrohim Raisiy Eronning kamikadze dronlarini yetkazib beriş masalasini muhokama qilişgan. 

Oktabr oyida Ostonada bölib ötgan Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşning 6-yubiley sammitiga esa Putin oxirgi bölib kelgan edi – şuning uçun Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev uni kutib olişga çiqmadi. Bundan taşqari, ayrim konferensiya iştirokçilari Kreml rahbari bilan salomlaşmagan.

Oktabr oyida Moskva ğalla bitimidan bir tomonlama çiqib ketganidan keyin Ukraina Rossiyani G20'dan çiqarişga çaqirdi. Bu ğoyani AQŞ prezidenti Jo Bayden qöllab-quvvatlagan va agar bu muvaffaqiyatsizlikka uçrasa, u Ukrainani G20'ga kiritişni taklif qilgan. Şu bilan birga, mamlakat G20'ga a’zo davlatlar röyxatiga kiritilmagan bölsa-da, uning prezidenti Volodimir Zelenskiy yiğilişga rasmiy taklif oldi.