Istanbul markazidagi piyodalar sayyohlik köçasi - Istiqlolda portlaş sodir böldi. Natijada kamida 6 kişi halok böldi, deb yozdi Istanbul viloyati gubernatori Ali Yerlikaya 13 noyabr, yakşanba kuni Twitter'da. Bundan taşqari, yana 81 kişi jarohatlangan, ikki nafarining ahvoli oğir. Portlaş sodir bölgan joyda politsiya, öt öçiriş brigadalari va tibbiyot xodimlari işlamoqda.
Turkiya vitse-prezidenti Fuat Öqtay Istanbuldagi portlaşni «terror harakati» deb atadi. «Biz gap terakt haqida ketayotganidan kelib çiqyapmiz», dedi u keçqurun bölib ötgan matbuot anjumanida. Ayni paytda portlaş xudkuş-terrorçi ayol tomonidan amalga oşirilgani taxmin qilinmoqda. Öqtay qöşimça ma’lumot bermadi.
Portlaş sabablari hozirça ma’lum emas. TRT davlat telekanali portlaş joyiga köp sonli qutqaruv guruhlari kelganini ma’lum qildi. Istanbul prokuraturasi tergov boşladi.
Ayni paytda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan voqeani «xoinlik hujumi» deb atadi. Tegişli organlar portlaş ortida turgan guruhlarni aniqlaş ustida işlamoqda, dedi davlat rahbari matbuot anjumanida.
Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer fojia munosabati bilan turkiyalik hamkasbiga hamdardlik bildirdi. «Istanbulning gavjum markazidagi dahşatli portlaş haqidagi xabar meni hayratda qoldirdi», deb yozadi u. Ştaynmayyer halok bölganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarga soğayib ketiş tiladi. «Hozirgi şok lahzasida biz nemislar Istanbul aholisi va turk xalqining yonidamiz», — deya qöşimça qildi u.
Turkiya regulyatori Rtük aholi örtasida qörquv va vahima paydo bölmasligi uçun OAVda mamlakatning eng yirik şahrida portlaş sodir bölgani haqidagi xabarlarga vaqtinçalik taqiq qöydi.
Istanbulning Yevropa qismidagi Istiqlol köçasi ham şahar aholisi, ham sayyohlar orasida sayr qiliş uçun maşhur joy hisoblanadi.












