Kunlar keskin soviy boşlagandan söng iste’molçilarning elektr energiyasi va gazga bölgan talabi ham ortişi yangilik emas. Energetika vazirligiga köra, sovuq kunlarda magistral gaz quvurlari va tarmoqlarida tabiiy gaz bosimi ham keskin pasayişi kuzatilmoqda. Vazirlik izohida, şuningdek, ayrim issiqlik elektr stansiyalariga belgilangan hajmlardan kam miqdorda tabiiy gaz yetib borayotgani, bu esa, öz navbatida, elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi pasayişiga olib kelayotgani, yirik avariyalarning oldini oliş maqsadida elektr ta’minotida qisqa muddatli çeklovlar kiritilayotgani ta’kidlangan.
Energetika vazirligi huzuridagi «Milliy dispetçerlik markazi» davlat unitar korxonasi barça hududiy elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlariga IESlarning yoqilği ta’minoti bilan boğliq oğir holat vujudga kelgani haqida xat çiqargan. Xatda energetika tizimida oğir oqibatli yirik favqulodda avariya holatlari (blekaut) yuzaga kelişining oldini oliş uçun soatlik elektr energiyasi iste’moli topşiriğini qat’iy ravişda bajariş söralgan. Ta’minotdagi muammolar tufayli Özbekiston Afğonistonga elektr energiyasi yetkazib berişni töxtatdi.
“Yöq narsani arzonga işlatgandan köra bor narsani qimmatga işlatgan ma’qul-ku”
Taniqli diniy ulamo Mubaşşir Ahmad fuqarolar uçun elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz tariflari özgarmay qolganiga e’tibor qaratib, agar barça muammo şu masalaga borib taqalsa, yöq narsani arzonga işlatgandan köra bor narsani qimmatga işlatgan ma’qul ekanini ta’kidlagan.
– Elektr va gaz bizda 30 yildan beri yeçilmas muammo. Lekin nega şunday qiyinçilik va muammoda ekanimizni bilmayman. Qança gaz yoki elektr keragu, hukumat nega bular bilan ta’minlay olmayotganini tuşunmayman. Kiçik va noçor bir rözğorda ham muammolar asta-sekin yeçiladi. Lekin katta va energiya resurslariga boy mamlakatda bir neça ön yillardan beri bu masala nega hal etib bölmayotganini anglamayman.












