Numa nutrimakon özining yangi ENDO MARINE mahsulotini taqdim etdi. Bolalar va kattalar uçun möljallangan şifobaxş vosita 100 % tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan. 

Taniqli nutritsiolog Baxtiniso Azimboyeva bu mahsulotning foydali xususiyatlari haqida gapirib berdi:

“ENDO MARINE tarkibi bilan tanişib, oçiği xursand böldim. Çunki yod yetişmovçiligi kasalligi birdaniga közga taşlanmasa-da, sekin-asta organizmni sustlaştirib, boşqa xastaliklarga yöl oçib beradigan poydevor hisoblanadi. Şuning uçun yod yetişmovçiligini 21 asr vabosi desak adaşmaymiz. Ta’sirçanlik, xotiraning pasayişi, ösişdan orqada qoliş, surunkali çarçoq, semizlik kabi noxuş holatlarning oldini olişda bu moddaning ahamiyati katta”,- deydi şifokor. 

Feyxoa mevasi yodning tabiiy manbai hisoblanib, qalqonsimon bez faoliyatning yaxşi işlaşiga yordam beradi. Uning tarkibidagi suvda eruvçan yod inson tanasida mukammal özlaştiriladi. Şuningdek, bu meva kaliy, magniy, fosfor, temir, sink kabi elementlarning ham konidir.

ENDO MARINE tarkibidagi bu meva ayni paytda Özbekistonda maxsus yetiştirilmoqda. Hozirda vodiy viloyatlarida feyxoa plantatsiyalari taşkil etilgan va undan unumli foydalanilmoqda.

Mahsulot tarkibi vitaminlar va efir moylariga boyligi sabab immun tizimini mustahkamlaş xususiyatiga ham ega. Bu esa gripp va şamollaş kabi davriy kasalliklardan xalos bölişda va ularga duç kelmaslikda yordam beradi.

Uşbu ekzotik mahsulot feyxoa mevasi, dengiz kalsiysi, pektin, laminariya, guava bargi, şolğom bargi va olmadan olinadi. Tarkibdagi olma şarbati uni iste’mol qilişni yanada qulaylaştiradi.