Uçtepa tuman hokimligi bildirgan munosabatda aytilişiça, jurnalist Aziza Qurbonovaning Uçtepa tumanida gaz bosimi pastligi haqidagi postida hokimlik rasmiy sahifasidan javob izoh yozgan tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Törabek To‘rayev bölgan.
Ma’lum qilinişiça, tuman hokimligining Taşkiliy kadrlar guruhi tomonidan örganiş ötkazilib, hokimlik rasmiy sahifasi orqali Törabek Törayevning his-hayajonga berilib yozgan fikrlari tanqid qilingan.
“Tuman hokimligi matbuot kotibining sohaga qöşgan hissasi va tumandagi bölayotgan ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlarni tezkorlik bilan yoritişi, şuningdek bir neça respublika va halqaro tanlovlarda e’tirof etilganligi, qolaversa bunday e’tirozli holatlarga muqaddam yöl qöyilmaganligi hamda köp yillik tajribasi inobatga olinib, tuman hokimi tomonidan unga ogohlantiriş berilganligini ma’lum qilamiz. Matbuot kotibining bundan keyingi faoliyatida tuman hokimligi nomidan bildirayotgan fikrlarida jurnalistika etikasiga rioya etişi tuşuntirildi”, – deyiladi hokimlik rasmiy munosabatida.
Eslatib ötamiz, jurnalist Aziza Qurbonova Facebookʼdagi sahifasida özi yaşaydigan mahallada gaz bosimi juda pasayib ketgani haqida post qöyib, unga jamoatçilik e’tiborini qaratgandi. Uçtepa tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Törabek Törayevning postga qöpollik bilan izoh yozgani faollar tanqidiga sabab bölgandi.












