Kanada Ukrainaga qöşimça 500 million dollar harbiy yordam beradi, şuningdek, yana yigirma nafar Rossiya fuqarolariga qarşi sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda 14 noyabr, duşanba kuni Balida bölib ötgan G20 sammitida boş vazir Jastin Tryudo ma’lum qildi, deb yozadi Kanada hukumati sayti.

«Rossiya Ukrainaga şafqatsiz va asossiz bosqinini davom ettirar ekan, Kanada tinçlik, demokratiya va inson huquqlari kabi umumiy qadriyatlarimizni himoya qilib, Ukraina xalqi va ittifoqçilarimiz bilan yonma-yon turişda davom etadi, - deyiladi xabarda. - Ukrainani qöllab-quvvatlaş va Rossiyani javobgarlikka tortiş uçun bizda mavjud bölgan barça vositalardan foydalanişda davom etamiz».

Qayd etilişiça, yangi yordam paketi avvalroq ajratilgan 3,4 milliard dollarni töldiradi, şuningdek, Rossiya bosqinidan himoya qiliş uçun Kiyevga yuboriladi. Mablağlar harbiy texnika, kuzatuv va aloqa vositalari, yonilği va dori-darmonlar sotib olişga yönaltiriladi.

Bundan taşqari, Kanada rossiyalik şaxslarga nisbatan qöşimça sanksiyalar joriy qilmoqda, deyiladi xabarda. Sanksiya röyxatiga «Rossiya muxolifati yetakçilariga nisbatan inson huquqlarini qöpol va muntazam ravişda buzişda iştirok etgan» Rossiyaning 23 fuqarosi, jumladan, politsiya, prokuratura, sud va qamoqxona xodimlari kiritiladi.

Rossiya, öz navbatida, «agressiv aksilrossiya kursini şakllantirişda bevosita iştirok etgan» yuzlab Kanada fuqarosiga qarşi şaxsiy sanksiyalar kiritdi», — deyiladi Rossiya TIV xabarida. Röyxatga kiritilganlar orasida aktyor Jim Kerri, «Oqsoç ayol hikoyasi» besselleri muallifi Margaret Etvud va Ukraina millatçilari yetakçisi Stepan Banderaning nabirasi, jurnalist Stefan Bandera bor.

Rossiya vazirligi bayonotida qayd etilişiça, sanksiyalar Kanada rasmiylarining xuddi şunday amaliyotiga javoban kiritilgan. Qora röyxatdan joy olgan Kanada fuqarolarining Rossiyaga kirişi taqiqlangan.