Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Kia K5 va Spark to‘qnashuvi oqibatida bir kishi jarohatlandi
Shayxontohur tumani Olmazor hamda Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil 14 noyabr kuni soat 21:30 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Olmazor hamda Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahada YTH ro‘y bergan.
Haydovchilar: 1999 yilda tug‘ilgan S.T. boshqaruvidagi Kia K5 rusumli transport vositasi, 2002 yilda tug‘ilgan D.S. boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisa natijasida Spark rusumli transport vositasining yo‘lovchisi, 1991 yilda tug‘ilgan U.Sh. tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026