Bugun, 16 noyabr kuni AOKAda energetika tizimida faoliyat olib boruvçi taşkilotlar rahbarlari iştirokida matbuot anjumani ötkazilmoqda. Energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayevning ta’kidlaşiça, ayni paytda mamlakatdagi haqiqiy ehtiyoj va yetkazib berilayotgan elektr energiyasi örtasida 15 mln kVt/soat salbiy tafovut yuzaga kelgan.
“Bugungi kunda Özbekistondagi kunlik ehtiyojni qoplaş uçun 230-232 mln kVt/soat elektr energiyasi resursi mavjud. Buning bir qismi özimizda işlab çiqarilsa, bir qismi import qilinadi. Xöp, mamlakatda haqiqiy talab qança va uni ta’minlaş uçun qança elektr energiyasi kerak degan savol bugungi kunda juda ham dolzarb. Hisob-kitoblarimizga köra, noyabr oyining mana şu keça-kunduzida haqiqiy ehtiyoj 245 mln kVt/soatni taşkil etadi. Şundan kelib çiqib aytişimiz mumkinki, bugungi kunda haqiqiy ehtiyoj va yetkazib berilayotgan elektr energiyasi örtasida 15 mln kVt/soat salbiy tafovut bor. Xuddi şunday salbiy tafovut tabiiy gazda ham mavjud.
Oxirgi 3-4 kunni oladigan bölsak, köçada 10-12 daraja issiq bölgan holda, Farğona vodiysi viloyatlarida elektr energiyasi iste’moli ötgan yil qiş oyidagi eng sovuq kunlar bilan tenglaşdi. Bu nimadan dalolat beradi, xoh elektr energiyasi, xoh tabiiy gaz bölsin, işlab çiqarişni oşiriş bilan talabni töliq qondirib bölmaydi. Resurslari tugamaydiganday körinadigan arab mamlakatlarida ham tejamkorlik umummilliy ğoyaga aylangan.
Mamlakatimizda bino-inşootlarni isitiş va yoritişga sarflanadigan energiya miqdori rivojlangan mamlakatlardan 3 barobar köp. Ammo yuzaga kelgan hozirgi holatni faqatgina isrofgarçilik bilan izohlamoqçi ham emasmiz. Amalga oşirgan loyihalarimizda ham ança-munça kamçilik, xatolarimiz bor. Işlab çiqariş körsatkiçlarini bajara olmagan joylarimiz ham köp. Lekin şu bilan birga nima qilsak, hozirgi holatni yaxşilaşimiz mumkin degan savolga javob topişimiz kerak”, dedi u.











