Polşaning Ukraina bilan çegara hududiga raketa qulagan - bu rossiyalik harbiylar Ukraina böylab yoppasiga raketa zarbalari yöllagan kuni röy berdi. Qurbonlar bor. RF mudofaa vazirligi «provokatsiya» haqida aytmoqda.
15 noyabr kuni kunning ikkinçi yarmida, RF armiyasi Ukraina böylab yoppasiga raketa zarbalari yöllagan mahalda Polşa hududiga raketa quladi. Raketa Ukraina çegarasidan beş kilometr masofada, Lyublina voyevodstvosidagi Pşevoduv qişloği hududiga tuşgan. Bu haqda dastlab xabar bergan ZET radiosiga köra, raketalar donquritgiç ustiga tuşgan, natijada ikki kişi vafot etgan.
Lublin112 naşri ma’lumotiga köra, mahalliy vaqt bilan soat 15:35 do (Toşkent vaqti bilan 19:35) raketa traktorga ulangan elevator yoniga tuşgan, natijada portlaş röy bergan. Polşalik qutqaruvçilar rasman Pşevoduvda portlaş bölganini qayd etişgan, ammo uning sababini keltirmagan. Voqea joyiga Lyublina voyevodasi (hokimi) Lex Spravka yetib kelgan va qişloqda baxtsiz hodisa röy berganini aytgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Pşevoduv qişloğidagi portlaş joyida olingan video tarqaldi.
Amerika razvedkasining yuqori martabali mulozimi Associated Press naşriga Polşa hududiga rossiyaliklar raketalari qulaganini aytdi. Pentagon matbuot xizmati esa, AQŞ tomoni Polşa hududiga aynan rossiyaliklar raketasi qulagani töğrisida tasdiqlangan ma’lumot yöqligini aytdi. Oq uydagilar Polşa şarqida yuz bergan raketa portlaşi yuzasidan qöşimça ma’lumotlar töplaş böyiça Varşava birgalikda iş olib borilayotgani, keyingi qadamlar şunga köra aniqlaştirilişini ma’lum qilişgan.
Polşaga Ukraina qurolli kuçlari urib tuşirgan raketalar qulagani töğrisidagi versiya ham bor. Bu haqda dastlab ZET jurnalisti Mariuş Gerşevskiy öz manbalari ma’lumotiga asoslanib xabar tarqatdi. Boşqa manbalar hozirça bu ma’lumotni tasdiqlamagan. Rossiyaning Kreml ta’siridagi Mash naşri Polşa hududiga S-300 raketalari — «Ukraina qurolli kuçlaridagi raketa hujumiga qarşi mudofaa vositalari» tuşganini xabar qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda raketa qoldiği surati tarqalgan — bu çindan ham S-300 raketasi parçasi, ammo, bu tasvir qaçon va qayerda olingani ma’lum emas. Polşa hududiga ukrainlarning S-300 tizimi raketalari tuşgani haqida Rossiyadagi propagandaçi agentlik RIA Novosti ham harbiy ekspertga tayanib xabar tarqatgan. Polşaning Rzeczpospolita gazetasi hukumatdagi manbasiga asoslangan holda hukumat mamlakat hududiga kimning raketasi tuşganini örganayotganini xabar qilgan.
RF mudofaa vazirligidagilar rossiyaliklar raketasi qulagani töğrisidagi xabarni «vaziyatni keskinlaştiriş maqsadida qasddan uyuştirilgan provokatsiya» deb atadi. «Ukraina-Polşa davlat çegarasidagi heç bir nişonlarga Rossiyaning nişonga oliş vositalari tomonidan zarba berilgan emas. Polşa naşrlari tomonidan Pşevoduv aholi yaşaş manzilidagi voqea joyidan issiq izidan e’lon qilingan parçalar Rossiyaning nişonga oliş vositalariga taalluqli emas», — deyiladi Rossiya harbiy idorasi bayonotida.
Mavzuga oid
AQŞ Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari örinbosari Vedant Patel RF mudofaa vazirligi bayonotiga munosabat bildirib, «AQŞ vaziyatni keskinlaştiriş yoki qandaydir tarzda provokatsiya qilişga urinmayotgani aniq»ligini aytdi. Uning sözlariga köra, AQŞ NATO böyiça ittifoqçilar «yonida turiş»ga tayyor, ammo hozirça nazariy ssenariylarni muhokama etmoqçi emas. «AQŞ uçun Polşaga raketa tuşişi tasodif yoki ğarazli niyatda amalga oşirilganini aniqlab oliş muhim» — deyilgan AQŞ Davlat departamenti bayonotida.
Portlaş joyidan kadr
Ukraina reaksiyasi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Polşadagi portlaşga munosabat bildirib, «Rossiyaning terrori Ukraina davlt çegaralari bilan çeklanmasligi»ni aytdi.
«Rossiya raketalari Polşa böylab zarba berdi. Ukraina terrorçi-davlat bizning mamlakat bilan çeklanmasligi haqida neça bor aytgandi? Rossiya terrori davom etarkan, bu vaqt masalasi bölib qoladi.
Rossiya jazosizlikni qançalik uzoq his qilsa, uning raketalari uçib yetib borişi mumkin bölgan barçaga tahdid solaveradi. NATO hududiga raketa zarbasii beriş — bu Rossiyaning kollektiv xavfsizlik tomon berilgan raketa zarbasi. Bu mojaroning jiddiy kengayişi. Bunga qarşi harakatni boşlaş kerak», — dedi Zelenskiy uruşning 265-kuni yakunlariga köra qilgan videomurojaatida.
Öz navbatida, Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ham rossiyaliklar «Ukrainada töxtaş haqida öylamasligi»ni ta’kidladi. Yermakning maslahatçisi Mixaylo Podolyak Polşaga raketa qulaşi — «RFdan „xato“ niqobi ostidagi rejalaştirilgan „salom“ ekani»ni aytdi.
Ukraina TIV rahbari Dmitro Kuleba «ukrainlar rossiyaliklarning har qanday raketasini tutib qolişi» uçun mamlakatga zamonaviy samolyotlar va havo hujumidan mudofaa tizimlari taqdim etişga çaqirdi. «Bugungi kunda Ukraina osmoni himoyasi NATO himoyasini anglatadi», — degan vazir.
Polşa hukumati şoşilinç yiğiliş ötkazdi
Polşa hukumati va Xavfsizlik kengaşi a’zolari şoşilinç yiğilişga yiğilmoqda. Foto: EPA
Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy «inqirozli vaziyat tufayli» hukumatning xavfsizlik va mudofaa qömitasining favqulodda yiğilişini çaqirdi. Polşa hukumati matbuot xizmati rahbari Pyotr Myuller OAVni «hozirça tasdiqlanmagan ma’lumotlarni e’lon qilmaslik»ka çaqirdi. Bu vaqtda mahalliy naşrlar Polşa harbiy-havo kuçlari samolyotlari Tomaşuv-Mazovetski aerodromidan harbiy qiruvçi samolyotlarni havoga kötargani haqida xabarlar tarqaldi.
Polşaning ayrim harbiy qismlarida jangovar şaylik darajasi oşirilgan. Prezident Andjyey Duda va NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg muzokaralar ötkazgan. Polşa hukumati NATO nizomining 4-moddasini faollaştiriş zaruratini tekşirişga qaror qilgan, unga köra «harbiy alyans a’zolaridan birining hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqilligi yoki xavfsizligi tahdid ostida qolgan deb hisoblansa, tomonlar özaro maslahatlaşuv ötkazadi». NATO boş kotibi Yyens Stoltonberg ittifoqçilar Polşadagi hodisa böyiça maslahatlaşuvlar ötkazayotgani, barça faktlar anqlanişi lozimligini aytdi.
Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy yiğilişdan keyin mamlakat havo hududi xavfsizligini ta’minlaşga e’tibor kuçaytirilgani, RF elçisi Polşa TIVga çaqirilganini ma’lum qildi.
Polşa prezidenti Andjyey Duda hozirça raketani kim uçirgani ayon emasligi, Pşevoduvdagi portlaş bir martalik bölgani va bu yana takrorlanişi mumkinligi belgilari yöqligini ma’lum qildi.
Çorşanbaga ötar keçasi qilgan favqulodda çiqişida u raketa katta ehtimol bilan Rossiya tomonidan işlab çiqarilganini aytdi.
«Hozirça bizda bu raketa aynan kim tomonidan uçib kelgani böyiça töliq dalillar yöq. Tergov hali davom etmoqda», degan polşaliklar yetakçisi.
U çorşanba kuni NATOning favqulodda yiğilişida Polşa alyans nizomining 4-moddasini faollaştirişini aytdi.
Duda şuningdek NATO jangovar şay holatda ekani, öz navbatida Polşa ham öz qurolli kuçlari, birinçi navbatda havo hujumidan mudofaa tizimlarining şaylik darajasini kuçaytirganini qöşimça qildi.
Prezidentning sözlariga köra, portlaş böyiça suriştiruv işlariga AQŞdan ekspertlar jalb etiladi.
Ma’lumot uçun, NATO nizomining 5-moddasi «NATO a’zolaridan biriga qilingan hujumga alyansning barça a’zolari birgalikda javob qaytarişi»ni nazarda tutadi.
Xalqaro reaksiya
Bu hodisa yuzasidan Şarqiy Yevropa davlatlari tezkor reaksiya qilişdi. Dastlab Çexiya mudofaa vaziri Yan Çernoxova Polşa hududiga raketa qulagani töğrisidagi ma’lumot tasdiqlanganini aytdi. Latviya mudofaa vaziri Artis Pabriks «Rossiyaning jinoiy rejimi» Ukraina aholisi tomon uçirgan raketalar «Polşada NATO hududiga tuşgani»ni aytdi. Latviya boş vaziri Krişyanis Karinş «NATOning har bir dyum hududi himoya qilinişi kerakligi»ni ta’kidladi va 16 noyabr tongida hukumat uşbu masalada favqulodda yiğiliş ötkazişini ma’lum qildi. Estoniya TIV Polşa bilan birdamligini ma’lum qildi va «NATO hududining har bir santimetrini himoya qiliş»ga tayyorligini bildirdi.
Polşa prezidenti Andjyey Duda AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali boğlangan. «Prezidentlar telefon orqali muloqot qilmoqda», deya xabar bergan Dudaning matbuot xizmati.
YeI kengaşi raisi Şarl Mişel Balida ötayotgan «Katta yigirmatalik» sammitida uşbu hodisani muhokama qiliş taşabbusini bildirgan.
Fransiya prezidenti ofisi ham Emmanuel Makron Polşa hukumati bilan aloqada bölib turganini aytgan.
NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg ham bu haqda yozgan. «Prezident Duda bilan Polşadagi portlaş haqida gaplaşdik. Men insonlar ölimi munosabati bilan hamdardlik bildirdim. NATO vaziyatni kuzatmoqda, ittifoqçilar yaqindan maslahatlaşişmoqda. Barça faktlar aniqlanişi muhim», deya yozgan u.
«Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz va polşalik döstlarimiz hamda NATO böyiça ittifoqçilarimiz bilan aloqada bölamiz», deya yozdi Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok.