15 noyabr kuni tuşdan keyin Ukraina hududlarida havo trevogasi yangradi. Ukraina prezidenti devoni maslahatçisi Aleksey Arestoviç mamlakat hududiga ommaviy raketa zarbalari boşlanganini aytdi va buni Bali orolida start olgan G20 sammiti bilan boğladi.

Krivoy Rog raketa-artilleriya qöşinlari rahbari Aleksandr Vilkul sözlariga köra, Rossiya Volgograd-Astraxan hududidan Tu-95 bombardimonçi samolyotlaridan X-101 raketalarini Ukraina tomon uçirmoqda.

Çernigov viloyati raisi Vyaçeslav Çaus sözlariga köra, hududda havo hujumidan mudofaa kuçlari işlamoqda.

Nikolayev viloyati rahbari Vitaliy Kim Rossiyaning Ukrainaga raketa zarbalarining uçinçi tölqini boşlanganini e’lon qildi.

Kiyevda ham ketma-ket portlaş ovozlari eşitildi. Kiyev meri Vitaliy Kliçko sözlariga köra, şaharning Peçyorsk tumanida ikkita turar-joy binosi vayron qilingan. Havo mudofaasi tomonidan bir neça raketa urib tuşirilgan.

Kiyev viloyati rahbari Aleksey Kuleba sözlariga köra, hududda havo mudofaasi tizimlari işlamoqda.

«Bosqinçilar Xarkovga hujum qilmoqda», dedi Xarkov viloyati ma’muriyati raisi Oleg Sinegubov. Şaharda elektr ta’minoti bilan boğliq muammolar bor, metro harakati töxtab qolgan.

Lvov viloyati rahbari Maksim Kozitskiy havo mudofaasi tizimi işlayotganini ma’lum qildi. Lvov şahrining bir qismi elektrsiz qoldi, dedi mer Andrey Sadoviy.

Şuningdek, havo mudofaasi tizimi Poltava viloyatidagi Mirgorod şahrida, Vinnitsa, Nikolayev, Sumi, Xmelnitskiy, Çerkasi va Jitomir viloyatlarida işlamoqda.