2014 yilning 17 iyulida Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uçayotgan MH17 reysida halok bölganlarning uçdan ikki qismi Niderlandiya fuqarolari edi, aynan şu sababli Niderlandiya prokurori suriştiruv işlari olib borgan Xalqaro tergov guruhini boşqardi.

Garçi sud Moskva tomonidan taqdim etilgan dalillarning barçasini diqqat bilan örganib çiqqan bölsa-da, Rossiya uşbu işni siyosiylaştirilgan, noxolis va birtomonlama deb ataşda davom etmoqda.

Hukm öqilişi arafasida BBC uşbu sud jarayonining muhim jihatlari haqida hikoya qildi.

Demak, MH17 samolyoti urib tuşirilişida quyidagi şaxslar aybdor deb sanalmoqda:

  • Igor Girkin (Strelkov) — Rossiya fuqarosi, özini mustaqil deb e’lon qilgan «DXR»ning sobiq mudofaa vaziri, FXXning iste’fodagi zobiti;
  • Sergey Dubinskiy — Rossiya fuqarosi, Rossiya armiyasi boş razvedka boşqarmasining iste’fodagi katta zobiti;
  • Oleg Pulatov — Rossiya fuqarosi, Rossiya armiyasi havo-desant qöşinlarining zaxiradagi podpolkovnigi;
  • Leonid Xarçenko — Ukraina fuqarosi, «DXR» boş razvedka boşqarmasi razvedka bölinmasi qömondoni.

Niderlandiya prokuraturasi ularning har biriga umrbod qamoq jazosi sörgan, biroq ayblanayotganlarning heç biri «Boing» samolyotiga raketa uçirişda şaxsan qatnaşmaganini ham ta’kidlagan.

«DXR» bir neça bor «Buk» söragan. Rossiya kamida ikkita qurilma jönatgan

Samolyotning urib tuşirilişiga aloqador şaxslar ustidan sudning dastlabki kunlarida ayirmaçilar nazorat qilayotgan hududga Rossiyadan kamida ikkita «Buk» zenit-raketa komplekslari yöl olgani aniqlangan.

Niderlandiya prokuraturasi birinçi «Buk»ning jönatilişi uçun BRB zobiti Oleg Ivannikov mas’ul bölganiga amin. Lekin uning kolonnasi «DXR»gaça yetib bormagan — yölda buzilib qolgan. Buni telefon sözlaşuvlarini xufiyona eşitib, şuningdek, tergovçilarga kelib tuşgan foto- va videomateriallar asosida aniqlaşgan.

Ikkinçi «Buk»ning jönatilişiga Rossiya boş ştabi BRB iste’fodagi zobiti Sergey Dubinskiy javobgar bölgan, deb aniqlagan prokuratura. Bu «Buk» Donetskkaça borgan, şundan söng Snijne (Snejnoye) şahriga qaytgan. Bu köplab foto va videolar bilan öz tasdiğini topgan. Tarkibida «Buk» ketayotgan kolonnaning sun’iy yöldoşdan tuşirilgan tasviri ham bor. Unda «Buk» ZRK Snijne yaqinidagi raketa uçirilgan hududga qarab bormoqda.