“Özavtosanoat” savdoni rivojlantiriş va marketing boşqarmasi boşliği örinbosari Behzod Xoliqov Kun.uz bilan suhbatda Onix'ning avval e’lon qilingan narxlaridan qimmat sotilayotgani, uzun navbatlar va kelgusida budjet avtomobillar işlab çiqariş rejasi bor-yöqligi haqidagi savollarga javob berdi.

— Uzun navbatlar yuzaga kelişiga qaysi omillar ta’sir ötkazmoqda?

— Navbatlar tez orada yöqoladi. Mana şu oylarda tizim qotib qolganligi uçun şartnomalar 2-3 ta bölib ketgan bölişi mumkin. Şu sabab yetkazib beriş muddati iyul, avgust, sentabrga ham ötib ketdi. Masalan, bitta odam 3ta maşinaga pul tölagan bölsa, avtomatik ikkitasi bekor qilinadi. Şu jihatdan avtomobil yetkazib beriş muddati 2-3 oygaça qisqarib boraveradi.

Bundan taşqari, butlovçi qismlarning yetib kelişi keyingi yilning birinçi çoragidan boşlab köpayişiga umid qilyapmiz. Şuning hisobiga işlab çiqarişimiz ham tezlaşib ketadi. Öylaymanki, tez orada kutiş muddatlari kamayib ketadi.

— Nima uçun 9-12 ming dollar atrofida sotilişi aytilgan Chevrolet Onix ança qimmat narxlarda sotuvga çiqarildi?

— Narxlar ötgan yili e’lon qilingandi. Öşa paytdagi rejalar ham şunday edi. Hozirgi geosiyosiy vaziyat tufayli juda köp narsa özgarib ketdi. Butlovçi qismlar dunyoning turli qismlaridan yetkazib beriladi. Xususan, Rossiya orqali kelişi kerak bölgan yönalişlar ham özgardi. Bizning hisob-kitoblarimiz böyiça, logistik xarajatlar 385 foizga yoki qariyb 4 barobarga oşdi.

Tayvandagi mikroçiplar işlab çiqaruvçi zavodda ham yonğin yuzaga keldi. Bu zavod dunyo böylab 20 foiz çiplar ta’minotini amalga oşirgan. Hozirda tiklaş işlari olib borilmoqda. Xullas, şu kabi köplab muammolar bor. Narxlar oşib ketgan. Şuning hisobiga, oldin aytilgan narxlardan Onix'ni qimmatroq sotişga majbur bölyapmiz.

— “Özavtosanoat”ning yaqin kelajakdagi rejalaridan budjet avtomobillar ham işlab çiqariş örin olganmi?

— Albatta. Narxlarni hozir e’lon qiliş xato ekanini Onix misolida kördik, buni aytmaganim ma’qul. Lekin biz har doim budjet avtomobillar işlab çiqarişni reja qilişdan töxtamaganmiz. Onix ham özi şunaqa bölişi kerak edi. Keyingi yil yoki 2024–2025-yillargaça har yili xudo xohlasa yangi budjet modellar işlab çiqarişni boşlaşga harakat qilamiz.